UNIVERSAL O‘NTALIK KLASSIFIKATSIYA – UDK HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

12.09.2019

UDK bu…

UDK bu ingliz tilidagi “Universal Decimal Classification”, ya’ni universal o’ntalik klassifikatsiya (UO’K) hisoblanadi. UO’Kning muhimligini quyidagi jihatlari orqali tasniflash mumkin:

  • axborotni tizimlashtirish;
  • muayyan mavzu bo’yicha kerakli ma’lumotlarni qidirish;
  • mavzu bo’limlari bo’yicha yangi maqolalar, nashrlar, kitoblarni guruhlashtirish.

UDK nima uchun kerak?

UO’K klassifikatori yordamida san’at, adabiyot va ilm-fan sohasidagi har qanday ma’lumotni topish oson. UO’K indekslari an’anaviy kutubxonalarda, elektron ma’lumotlar bazalarida va boshqa axborot omborlarida insoniyat tomonidan to’plangan bilimlarni tartibga solish uchun asos hisoblanadi.

UO’K kodi har bir ilmiy maqolada ko’rsatilishi kerak — bu qoida dunyoning deyarli har bir mamlakatida me’yor tarzida qabul qilingan. UO’K ning mohiyatida o’nlik tamoyil mavjud. Klassifikatorlarning har biri 10 (ba’zan kamroq bo’lishi mumkin) kichik bo’limlarga bo’linadi. Ularning har birini ko’rsatish uchun arab raqamlaridan foydalaniladi. UO’K klassifikatorini ishlab chiqish uchun “UDC konsorsiumi” javob beradi.

UDK tarixi haqida

UO’K XX asrning boshlarida Belgiya bibliograflari Pol Otle (Otlet) va Henri Lafonten (Lafontaine) tomonidan yaratilgan. Bu klassifikatorga 1876-yilda AQSh Kongressi kutubxonasi uchun amerikalik bibliograf  Melville Devey (Dewey) tomonidan ishlab chiqilgan kasr tasnifi asos bo’lgan. U davrda M.Devey Otle va A.Lafontenga nashr etilgan bilimlarning keng qamrovli katalogini yaratish uchun o’z tizimidan foydalanish va o’zgartirish huquqini berdi. Ko’p yillar davomida bu ish xalqaro axborot va hujjatlar federatsiyasi doirasida amalga oshirildi. UO’K to’liq jadvallarining birinchi nashri 1905-yilda fransuz tilida chop etildi, UO’K strukturasi vaqt o’tishi bilan M.Deveyning dastlabki sxemasidan ajralib chiqdi, biroq bir qator bo’limlarda ushbu tizimlarning sinf indekslari hali-hanuz deyarli bir xil.

UDKning markaziy qismi barcha bilimlarni qamrab oladigan va raqamli kasr kodidan foydalangan holda umumiy va xususiy bo’linishning ierarxik tamoyiliga asoslangan asosiy jadvallardir. Qisqacha aytganda, UDK indeksiga ko’ra, kitobni o’qimasdan qaysi mavzu va adabiyotni o’z ichiga olishi mumkinligini aniqlash mumkin. Global ma’lumotlar bazalarida ro’yxatdan o’tishda ushbu tasniflagichsiz ishlar ham ko’rib chiqilmaydi.

3 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Актам
    #1 Актам 11 May, 2020, 09:58

    емансипация

    Reply this comment
  2. HASANBOY MELIYEV
    #2 HASANBOY MELIYEV 22 Dekabr, 2020, 10:14

    Исследование и разработка композиционных деэмульгаторов для тяжёлых нефтей

    Reply this comment
  3. Bahodir
    #3 Bahodir 20 Dekabr, 2022, 13:47

    ФАРҒОНА БОТИҒИ ВА ТОШКЕНТОЛДИ ҲУДУДЛАРИДА ТАРҚАЛГАН ПАЛЕОГЕН ЁТҚИЗИҚЛАРИНИНГ ЛИТОЛОГО-ФАЦИАЛ ХУСУСИЯТЛАРИ ВА ФОЙДАЛИ ҚАЗИЛМАЛАРИ

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 − fifteen =