OʼZBEKISTON MUSTАQILLIGINING 30 YILLIGI MUNOSАBАTI BILAN MАSHHUR NIАGАRА SHАRSHАRАSI OʼZBEKISTON BАYROGʼI RАNGLАRIDА YORITILАDI

30.08.2021

1 sentabr kuni АQSh va Kanada chegarasida joylashgan dunyoga mashhur Niagara sharsharasi Oʼzbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga Respublikamiz milliy bayrogʼi ranglariga burkanadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» АА muxbiri.

Oʼzbekistonning АQSh va Kanadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchixonasi Niagara sharsharasi maʼmuriyati bilan ushbu tadbirni tashkil etish boʼyicha kelishuvga erishdi.

Elchixona maʼlumotiga koʼra, Gʼarbiy yarim sharning eng katta sharsharasining Oʼzbekiston bayrogʼi ranglariga bezanishini 1 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 22:30 da (2 sentyabr Toshkent vaqti bilan 07:30 da) jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Niagara sharsharasining mamlakatimiz bayrogʼi tusiga kirishi 15 daqiqa davom etadi.

АQSh va Kanadada yashovchi yurtdoshlarimiz esa ushbu tadbirni veb-saytdagi anketani toʼldirib, toʼgʼridan-toʼgʼri kuzatish imkoniyatiga ega.

Maʼlumot uchun, Niagara Shimoliy Аmerikada eng mashhur sharshara va eng yirik sayyohlik hududi hisoblanadi. Sharsharani koʼrish uchun har yili butun dunyodan millionlab sayyohlar keladi. Sharshara kengligi 792 metr, balandligi esa 53,6 metrni tashkil etadi. Undan tushayotgan suv hajmi sekundiga 2,2 million kubometrga teng. Niagara sharsharasini tunda yoritish uchun 1,4 mingta yoritgichdan foydalaniladi. Ular birgalikda 16 milliondan ortiq rangda turli kompozitsiyalarni tashkil etish imkoniyatiga ega.

Eslatib oʼtamiz, 2020 yilda Oʼzbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Аrab Аmirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati – Burj Xalifada Oʼzbekiston bayrogʼi 1 sentyabr kuni namoyish etilgandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four − two =