O’zDJTUDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB O’TDI

15.11.2019

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi va ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan IV bandi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘limida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-f-sonli Farmoyishi asosida  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 28-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2019-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 205-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2019-yil 13- noyabr kuni “O‘zbekistonning strategik taraqqiyotida turizm: muammolar va istiqbolli rejalar” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi sho‘balar doirasida mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun har tomonlama qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilganligi, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy, geosiyosiy ahamiyati jihatidan Markaziy Osiyo mintaqasida o‘ziga xos o‘rin tutuvchi yurtimiz hududlarining turizm yo‘nalishidagi salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish imkoniyatlari, turizm sohasi zamonaviy dunyoda tobora shiddat bilan rivojlanayotganligi hamda yuqori hajmda daromad keltirishi bilan yuqori o‘rinlarda turuvchi tarmoq ekanligi, turizm sohasini rivojlantirish, o‘z ichki salohiyatidan unumli foydalangan holda sohaga oid tegishli infratuzilmani zamon talablari darajasiga ko‘tarish, shu orqali iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilindi.

1-sho‘ba.   O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslari

2-sho‘ba. Turizmning iqtisodiyotni izchil rivojlantirishdagi imkoniyatlari

3-sho‘ba. Turizmni rivojlantirishda O‘zbekistonning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining o‘rni.

Anjumanning yalpi majlisida “O‘zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratilishi” mavzusida  – tarix fanlari doktori, professor D.Bobojonova, “O‘zbekistonga xush kelibsiz: turizm – mamlakatning yangi brendi” mavzusida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi  direktori A.Shermuratov, “O‘zbekistan taraqqiyotining yangi bosqichida turizm  rivoji” mavzusida siyosatshunoslik fanlari doktori, professor E.Sultanova hamda “O‘zbekiston iqtisodiyotida turizmning o‘rni” mavzusida O‘zDJTU quyi ingliz fakulteti talabasi  X.Do‘stboyeva, “O‘zbekistonda turizm sohasi taraqqiyoti” mavzusida  O‘zDJTU tarjimonlik  fakulteti talabasi  H.Xalilova kabilar ma’ruza bilan ishtirok etishdi.

O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri
N.Djurayeva

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × five =