VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI TANLOV E’LON QILADI

06.07.2020

Amaliy loyiha mavzusi: “O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning amaliy metodik ta’minotini yaratish”

Mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar:

– o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda til o‘zlashtirilishidagi nazariyalar va zamonaviy metodikaga asoslangan holda o‘rganuvchilarning quyidagi ko‘nikmalarini shakllantiruvchi darslik va audio-videomateriallar to‘plami tizimi ishlab chiqiladi:

• o‘qib tushunish ko‘nikmasi;

• tinglab tushunish ko‘nikmasi;

• yozish ko‘nikmasi;

• o‘z fikrini og‘zaki bayon qilish ko‘nikmasi;

• leksik va grammatik ko‘nikmasi;

– mazkur darslik va audio-videomateriallar to‘plami tizimi o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchilarga onlayn kurs sifatida o‘qitish uchun tayyorlanadi.

Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish: Loyiha o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchilar uchun quyidagi natijalarni beradi:

– o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda foydalaniladigan boshlang‘ich va o‘rta darajadagi mavzular banki yaratiladi;

– mavzuiy izchillik asosida o‘qib tushunish, gapirish, tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalarini qamrab olgan boshlang‘ich va o‘rta darajaga mo‘ljallangan xalqaro standartlar asosida darsliklar yaratiladi;

– har bir bosqichda (A1, A2, B1, B2) mavzulashtirilgan 10-12 ta bo‘limdan iborat darslik yaratiladi (mavzular ro‘yxati ilovada beriladi);

– har bir bosqich (A1, A2, B1, B2) uchun eng kamida 600 minut bo‘lgan audio-video ta’minoti yaratiladi;

– onlayn kurs yo‘lga qo‘yiladi.

Ilmiy natijalarni chop etish: Tadqiqot natijalariga intellektual mulk ob’ektlari uchun tegishli hujjatlar olinadi. Nufuzli ilmiy jurnallarda va Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilishi mumkin.

Tadqiqot muddati: 8 (sakkiz) oy.

Ilmiy natijalarni moliyalashtirish tartibi: Har bir bosqichga (A1, A2, B1, B2) mo‘ljallangan metodik ta’minotni yaratish ishi tugallanishi bilan aloxida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilib, bosqichma-bosqich moliyalashtirilishi mumkin.

Izoh: Amaliy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 800,0 mln. so‘m va bajarilishi sakkiz oyga mo‘ljallangan. Yaratiladigan darslik, audio-video mahsulotlardagi matn va rasmlar orginalligi bo‘yicha loyiha rahbari to‘liq javobgar hisoblanadi. Ushbu tanlov shartlari mustaqil ekspertlar takliflari asosida shakllantirildi. Loyihaning qiymati barcha soliqlar bilan hisoblangan.

Hurmatli tilimiz jonkuyarlari! O‘zbek tilini xorijda va yurtimizda o‘qitish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan ustozlar, professor-o‘qituvchilar! Ushbu loyiha tanlovida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling! O‘zbek tilining xalqaro nufuzi va maqomini rivojlantirishda o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shing!

Manba: http://til.gov.uz/uz/news-and-announcements/news/95

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + 5 =