VAZIRLIK: IQTIDORLI TALABALAR TURKIYAGA O‘QISHGA YUBORILISHI MUMKIN

13.11.2019

Kuni kecha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Turkiyaning Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi raisi Abdulloh Eren boshligidagi delegatsiya qabul qilindi.

Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Madjidov, vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi raisi Abdullax Eren, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Muzokaralarda iqtidorli yoshlarga Turkiyaning davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriati, magistraturasi va doktoranturasida o‘qish uchun Turkiya hukumati stipendiyalarini taqdim etish imkoniyati, tanlov shartlari, g‘oliblarga yaratiladigan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Madjidov Turkiya delegatsiyasiga minnatdorchilik bildirib, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan Turkiya oliy ta’lim muassasalarida yetuk, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan loyihalarni vazirlik qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, loyihani bosqichma-bosqich iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda muhandislik, texnika, kimyo sanoati, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, tadbirkorlik kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura va doktoranturada o‘qitishdan boshlashni taklif etdi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Turkiya oliy ta’lim muassasalarida 1075 nafar o‘zbekistonlik talaba, shundan 150 nafari grantlar asosida, tahsil olmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 − 8 =