VEBINAR: “OLIY TA’LIMDA GLOBALLASHUV JARAYONLARI: QO‘SHMA AKADEMIK DASTURLAR VA TALABALAR XALQARO ALMASHUVI TAJRIBASI”

09.11.2020

2020-yil 20-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da “El-yurt umidi” jamg‘armasi Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz, Jamg‘arma huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi a’zolari, Koreyaning Vusong (Woosong) universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi ijrochi direktori Yuldashev Iskandar Baxramovich va Janubiy Koreyaning Sejong (Sejong) universiteti doktoranti Jo‘rayev Otabek Abdimalikovichlar ishtirokida “Oliy ta’limda globallashuv jarayonlari: qo‘shma akademik dasturlar va talabalar xalqaro almashuvi tajribasi” mavzusida vebinar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Vebinarga xalqaro aloqalarga mas’ul bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari, shuningdek, OTM professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari, talabalar va magistrantlar hamda barcha qiziquvchilar qatnashishlari mumkin.

Vebinarda oliy ta’lim muassasalari xalqaro aloqalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishda xalqaro aloqalarning o‘rni va ahamiyati, o‘quv dasturlar, kelajakda yangi zamonaviy mutaxasislarni tayyorlashda xalqaro munosabatlarni o‘rnatish, xalqaro talabalar almashinuvi, ikki diplom va boshqa ta’lim dasturlari kabi masalalar muhokama markazida bo‘ladi.

Shuningdek, vebinarda qatnashuvchilar Jamg‘arma rasmiy saytida belgilangan tartibda https://webinar.eyuf.uz manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Vebinarga qatnashuvchilar Zoom platformasi orqali https://us02web.zoom.us/j/89000393211?pwd=WDZLa05teDdLaUJtWW42clh2cm4xZz09 (yoki Identifikator: 890 0039 3211) link va parol: 2020 bilan bog‘lanishlari va ishtirok etishlari mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 4 =