PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI RAHBAR VA PEDAGOGLARI SHVEYSARIYADA MALAKA OSHIRIB KELISHDI

13.12.2023

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Shveysariyaning “O‘zbekistonda professional ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi Muvofiqlashtiruvchi Qo‘mitasining yil yakuni yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Muvofiqlashtirish qo‘mita a’zolari tomonidan 2023yil davomida loyiha doirasida professional ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar, jumladan kadrlar boshqaruvi, ta’lim sifatini ta’minlash, pedagoglar kadrlar kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xususiy sektorni jalb qilgan holda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish kabi ustivor vazifalar belgilab olinganligi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, Loyiha doirasida professional ta’limda ish beruvchilar bilan ishlash va hamkorlik qilish yuzasidan seminar treninglar tashkil etilib, 1500 nafarga yaqin vazirlik va idoralar xodimlari hamda rahbar va pedagog kadrlar o‘qitildi. Rahbar va pedagog kadrlarni 3 ta kasbiy standartlari hamda 4 ta malaka oshirish dasturlari takomillashtirildi. 30 nafar professional ta’lim tizimi rahbar va pedagoglari Shveysariyada malaka oshirib keldi. Professional ta’limda sifatni ta’minlash hamda Professional ta’lim muassasalari boshqaruvi mavzularida tadqiqotlar o‘tkazildi hamda metodik qo‘llanmalar chop etildi.

Shu bilan biriga, loyihaning 2024yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlari muhokama qilindi hamda Muvofiqlashtirish Qo‘mita a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur loyihaning birinchi fazasi 2025-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.