Jamiyatda o‘qituvchilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, ota-onalar hamda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi jurnalist va blogerlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi
Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
- eng yaxshi bosma OAV jurnalisti;
- eng yaxshi internet nashr jurnalisti;
- eng yaxshi tele-jurnalist;
- eng yaxshi radio-jurnalisti;
- eng yaxshi fotosuratchi;
- eng yaxshi bloger;
- eng yaxshi videolavha.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hay’at tomonidan baholanadi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan jurnalistlar o‘z ishlarini @tanlov_xtvbot manziliga yuborishlari lozim.
Ijodiy ishlar 2021-yilning 13-martidan 1-iyunigacha bo‘lgan davrda taqdim etilishi va shu davr oralig‘ida e’lon qilingan bo‘lishi shart.
Tanlov g‘oliblari 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida e’lon qilinadi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Batafsil: http://uzedu.uz/oz/zurnalist-va-blogerlar-urtasida-tanlov
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.