XALQARO ARAB TILI KUNIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

16.12.2022

15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida «18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni»ga bag‘ishlangan «Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

O‘zDJTUning Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur anjuman avvalida ishtirokchilar ko’rgazma hamda talabalarning kalligrafik ishlari bilan tanishdilar.

Yalpi majlisda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha Аrab davlatlarining elchilari va elchixona vakillari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Xorijiy tilllarni o’rganishni ommalashtirish agentligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari qutlov so’zlari bilan qatnashdilar.

Aytib oʻtish joizki, Oʻzbekistonda arab tilini o‘qitish tizimining yutuqlarini ommalashtirish maqsadida 5-14 dekabr kunlari arab tili o‘rganayotgan oliygoh talabalari o‘rtasida – 1. Xattotlik sanʼati (Kalligrafiya); 2.Arab tilida qo‘shiq kuylash; 3.Arab tilida sheʼr aytish; 4. Notiqlik sanʼati til musobaqalari o‘tkazilgan edi. Konferensiya doirasida g’olib talabalar, hamda «Yilning еng yaxshi  arab tili o’qituvchisi» nominatsiyasi g’olibari taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimidan so’ng anjuman sho’balarga bo’lingan holda davom etdi. Sho’balar quyidagi yo’nalishlarda ish olib bordi:

1-sho’ba. Arab tilini o’rganish: muammolar va yechimlar».
2-sho’ba. Zamonaviy abar adabiyoti: she’riyat va nasr».
3-sho’ba. Arab tilini chet tili sifatida o’qitishdagi innovatsion yondashuvlar va jarayon tajribasi.
4-sho’ba. Arab-o’zbek va o’zbek-arab tarjimashunosligining zamonaviy tendensiyalari.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × one =