XALQARO ARAB TILI KUNIGA BAG‘ISHLANGAN KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

19.12.2023

18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni”ga bag‘ishlangan «Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rektori I.Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni ochib berish uchun nutq soʻzladi.

Shuningdek, universitet rahbariyati vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari K.Karimov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi A.A.Abduxalimov, Oʻmon Sultonligining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor elchisi Al Sayyida Vafa Jabr Al Busaidi, Oʻmon Sultonligi Nazva universiteti professori doktor Saed Jasim al-Zubaidi, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Oliy taʼlim vaziri maslahatchisi doktor Miloud Xalfallah, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Al -Vadiy universitetida tahsil olayogan OʻzDJTU talabalari, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi va bir qator xorijlik mutaxassisilar ishtirok etdi va mutaxassislar arab tili boʻyicha maʼruzalar oʻqishdi. 

Badiiy qismda esa OʻzDJTUda «Arab tili kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar va musobaqalar gʻoliblari taqdirlandi, hamda bayramona chiqishlar namoyish qilindi.