XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: ZAMONAVIY LINGVISTIK TADQIQOTLAR

13.04.2020

2020-yil 15-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajriba, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar faoliyati rejalashtirilgan:
· Germanistika va romanistikaning dolzarb muammolari;
· Frazeologiya va paremiologiya;
· Zamonaviy qiyosiy-tipologik tadqiqotlar;
· Zamonaviy tarjimashunoslik: an’analar va innovatsiyalar;
· Lingvodidaktika va chet tili nutqiga o‘rgatishning pedagogik-psixologik tamoyillari, innovatsion – pedagogik texnologiyalar va xorijiy tajribalar.

Ushbu xalqaro anjuman ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjumanda ishtirok etishni istovchi nomzodlardan 2020-yilning 25-apreliga qadar maqolalarni taqdim etishlari so‘raladi.

Anjuman axborot xati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − 4 =