XALQARO MIQYOSDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA : “MEDIALINGVISTIKA: NAZARIYASI VA AMALIYOTI”

15.12.2020

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda “O‘zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnal va internet portali hamkorligida 2020 yil 16 dekabr kuni “Medialingvistika: nazariyasi va amaliyoti” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Anjumanda medialingvistikaning dolzarb masalalari, OAV matnlarining tili, uslubi va tahriri sohasida mavjud muammolar va ularning yechimlari, mediamatnlarning ta’sirchanligini oshirish yo‘llari, noshirlik sohasini rivojlantirish istiqbolli yo‘nalishlariga oid yangiliklar, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar, o‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi, adabiyotshunoslik borasidagi masalalar jurnalistika va filologiya sohalaridagi olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va malakali amaliyotchi-jurnalistlar tomonidan muhokama etiladi.

Konferensiyada quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha sho’balar faoliyat ko‘rsatadi:

  • Medialingvistika nazariyasi va amaliyoti;
  •  Onlayn jurnalistika: til, uslub muammolari;
  •  Matbuot materiallari tahlili va tahriri;
  •  Audiovizual jurnalistikada medialingvistika masalalari;
  •  PR: mahorat masalalari;
  • O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi;
  • Adabiyotshunoslik masalalari.

Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lajak jurnalistlarning bilim, malaka va tajribasini, jurnalistik mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu onlayn konferensiya ZOOM () dasturida www.conference.fledu.uz platformasida o‘tkaziladi.

Konferensiyada ishtirok etish shakli: yalpi/yo‘nalishlar bo‘yicha video ma’ruzalar; muhokamalarda ishtirok.

Yo‘nalishlar bo‘yicha kelib tushgan maqolalar matn va video ko‘rinishda platformaga joylashtiriladi.

Konferensiya materiallarining (matn, audiovizual shakldagi) elektron bazasi yaratiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 9 =