XALQARO ONLAYN ANJUMAN: “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA NEMIS TILINI O’QITISH”
23.11.2020Joriy yilning 27-28-noyabr kunlari “Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o’qitish” mavzusida xalqaro onlayn anjuman bo’lib o’tadi.
Anjuman O’zbekistondagi Gyote instituti, O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi, “O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portali — FLEDU.UZ , “Cornelsen”, “Hueber” va “Ernst Klett” nashriyotlari, O’zbekiston uchun lektorlar universiteti dasturi hamkorligida tashkil qilinmoqda.
Anjuman zamonaviy ilm-fanning eng dolzarb ilmiy mavzularini, yangi o‘quv dasturlarni hamda texnik va uslubiy ishlanmalarni aks ettirishga qaratilgan.
Anjuman sho’balari:
- 1-sho’ba — Oliy ta’lim tizimida DLL – dasturi: amaliyotda qo’llash, natija va muammolar
- 2-sho’ba — Uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar
- 3-sho’ba — Nemis tili bo’yicha pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar
- 4-sho’ba — Nemis tili bo’yicha multimediaviy o’quv materiallari va onlayn resurslarni yaratish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish
- 5-sho’ba — Nemis tilini masofaviy o’qitishning muammolari.
Xalqaro onlayn anjuman dasturidan nemis nashriyotlari ko’rgazmalari, onlayn konsertlar, shuningdek, “Ilhom” teatridan interaktiv VR-spektakl namoyishi kabilar ham o’rin olgan.
4 Comments so far
Jump into a conversationI really appreciate and interested in this event
I really interested in this event and also appreciate it. So if you receive my requirement I will be happy. I want to increase my knowledge and experience by this conference and I hope you will choose me and I try to be the best
I will develop my knowledge and critical thinking
Language learning