XALQARO REYTINGGA KIRISH: KIMDA IMKONIYAT QANDAY?

09.11.2019

2019-yil 8-noyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi va QS reyting agentligining yetakchi ekspertlari tomonidan OTMlar rektorlari uchun xalqaro reytinglarga kirish va ilmiy jurnallarning faoliyatini xalqaro darajaga ko‘tarish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan seminarda Aliya Ospanova va Zoya Zayseva respublikadagi barcha OTMlarning hozirgi holatini tahlil qilishdi va 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan xalqaro reytingda muvaffaqiyatli ishtirok etish yuzasidan zarur tavsiyalarni berdilar.

Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova yurtimizdagi universitetlar ilmiy jurnallari holatini tanqidiy tahlil qildi hamda va ularni yaxshilash bo‘yicha aniq takliflarni berdi.

Ma’lumot uchun, 2018-yil 23-martda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Elsevier kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolangan hamda OTMlarni xalqaro reytingga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Ilm-fan-2020” milliy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 4 =