“XAMSA” ASARI ARAB TILIGA TARJIMA QILINADI

13.02.2024

Alisher Navoiyning “Xamsa” asari arab tiliga tarjima qilinadi.

Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Misr davlat kutubxonasida buyuk alloma Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Qohira universiteti va boshqa oliy taʼlim muassasalari, tadqiqot markazlari, adabiyot, sanʼat va madaniyat namoyondalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Misr vakillari Navoiy kabi buyuk shoirning asarlari hozirga qadar arab tiliga tarjima qilinmaganini afsus bilan qayd etdilar. Bu borada misrlik mutaxassislar bilan birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish, dastlabki bosqichda Navoiyning buyuk “Xamsa” asarini arab tiliga tarjima qilish taklifi ilgari surildi.