XAMYURTIMIZ XALQARO KONFERENSIYANING “IMPACTFUL DIPLOMAT AWARD” SOVRINI SOHIBASI BO‘LDI

13.12.2023

Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro konferensiyaning “Impactful diplomat award” sovrini sohibasi Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi bo‘ldi.

Turkiyada “Giyohvandlikka qarshi kurashish, inson huquqlari va jamoatchilikni himoya qilish” mavzusida 25 davlatdan 50 nafardan ortiq delegat ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi o’qituvchisi Muazzamxon Yaxshibayeva ham o‘z ma’ruzalari, maqolalari bilan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi sifatida ishtirok etdi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan M. Yaxshibayevaning ilmiy faoliyati alohida e’tirof etilib, sertifikat va maxsus sovrin bilan taqdirlandi!

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 − two =