XAVFSIZLIK BO’YICHA TURKIYA VA O’ZBEKISTON HAMKORLIGIGA BAG’ISHLANGAN VIDEO KONFERENSIYA

16.07.2020

Turkiyaning O’zbekistondagi Elchixonasi tashabbusi bilan bir qator davlat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “TURKIYA-O’ZBEKISTON: Xavfsizlik hamkorligi/15-iyul misoli” mavzusida video konferensiya tashkil etildi.

Ushbu tadbir 2016-yil 15-iyul kuni Turkiya davlatchiligini yo’q qilishga qaratilgan harbiy to’ntarishlarga urinish, uning bostirilishi va bu voqealarda halok bo’lgan begunoh insonlar xotirasiga bag’ishlandi.

Turkiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Süreyya Er 2016-yil 15-iyulda ro’y bergan xoinlarcha harbiy to’ntaruv tashabbusi haqida ma’lumot berar ekan, bu harakatlar Turkiyadagi milliy davlatchilik va demokratiya uchun qattiq sinov bo’lganligi va sinovdan turk xalqi milliy birdamligi va kuchli irodasi bilan mardonavor o’ta olganligini aytdi. Shuningdek, bugungi dunyoda xavfsizlik eng dolzarb masalalardan ekanligini, terror va qo’poruvchilik har qanday jamiyat uchun nihoyatda katta tahdid ekanligini, bu borada davlatlar, xalqlar o’rtasidagi o’zaro mustahkam hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidladi.

Tadbirda O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo’jayev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchexra Rixsiyeva va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari so’zga chiqib, Turkiya va O’zbekiston o’rtasidagi ta’lim, fan, madaniyat sohasidagi hamkorlik asosida keng ko’lamli loyihalar amalga oshirilayotgani, xavfszlik masalasida o’zaro munosabatlar mushtarak maqsadlarga qaratilganligini aytib o’tishdi.

Shuningdek, “2016 yil 15-iyul. Harbiy to’ntarishga urinish va xalqning zafari” nomli kitob taqdimoti ham o’tkazildi. Savol-javoblar va qizg’in bahs-munozaralar, mustahkam hamkorlik istiqbollari yuzasidan taklif va tahlillar bilan video konferensiyaga yakun yasaldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 + nineteen =