XITOY TILI HAQIDAGI ENG ESDA QOLARLI FAKTLAR

23.05.2023

Xitoy tili dunyodagi eng qiziqarli tillardan biri hisoblanadi, u haqida turli xil afsonalar yaratilgan. Keling, ulardan ba’zilarini ko’rib chiqaylik.

Xitoy tili haqida faqat u ierogliflardan iborat va 1,4 milliard kishi gapirishidan tashqari yana nimalarni bilasiz?

U dunyodagi eng qiyin til sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Xitoy tili BMTning oltita tillaridan biridir. Ammo Xitoy tili haqidagi haqiqatlar bundanda qiziqroq! 

Xitoy tili 10 ta (ba’zi boshqa manbalarga ko’ra – 12) dialekt guruhiga bo’lingan ko’plab dialektlari bilan ajralib turadi:  Gan, Hakka, Vu, Syan, Yue, Min, Shimoliy lahjalar, Anxuy guruhi, Jin va Pingxua.  Lahjalar o’rtasidagi tafovutlar ba’zan shunchalik kattaki, Xitoyning bir viloyati aholisi boshqasining aholisini tushuna olmaydi.  Dialektlarning asosiy farqlari fonetik va leksikdir.  Grammatik farqlar esa unchalik sezilmaydi.

Bundan tashqari, Xitoy o’z tarixining ko’p qismida birlashgan davlat bo’lmagan.  Xitoyliklarning ko’chmanchi qabilalar bilan aloqalari ham ta’sir ko’rsatadi. Viloyatlar orasidagi tilda katta farq shundan kelib chiqadi.  Ba’zan hatto qo’shni viloyatlar aholisi ham kundalik mavzularda bir-biri bilan muloqot qila olmaydi.

Eng keng tarqalgan dialekt – Shimoliy Xitoy.  Bu tilda butun dunyo bo‘ylab bir milliardga yaqin xitoyliklar so‘zlashadi.  Aynan shu lahjaga nisbatan G’arb adabiyotida «mandarin» so’zini eshitish mumkin, ammo xitoylarning o’zlari buni «Putongxua» deb atashadi.  U ommaviy axborot vositalarida, siyosiy faoliyatda va jamiyatning boshqa muhim sohalarida qo’llaniladi.

Murakkabligi uchun Xitoy tili hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.  Biroq, xitoy tili grammatikasi juda oddiy. Xitoy tilida jumla qurish ham juda oddiy, chunki bu tilda nuqta yoki vergul yo’q. Ya’ni, tinish belgilari umuman yo’q.

 Ajablanarli, lekin haqiqat!

 Xitoy tili so’zlarni deyarli o’zlashtirmaydi. 

Bunga ishonish qiyin, lekin hatto zamonaviy Xitoyda ham  o’zlashtirma so’zlar atigi 1000 ga yaqin xolos. Va buning barchasi xitoy tilida o’zlashtirma  tushunchani ierogliflarga tarjima qilish murakkabligi sababli. Qo’shimcha murakkablik – bu xitoy tilining talaffuzi. Xitoy tilida so’zning talaffuzdan uning ma’nosini o’zgartiradi.

Xitoy tilida talaffuz muhim rol o’ynaydi. So’zni qanday talaffuz qilish bu so’zning ma’nosiga ta’sir qiladi.

Xitoy tilidagi turli intonatsiyalar ohanglar deb ataladi.

Ohanglardan foydalanishning eng yorqin namunasi «Shi familiyali odam sherlarni qanday yegani haqidagi hikoya» deb nomlangan she’rdir.  Bu she’r 92 ta bir xil imlodagi “shi” bo‘g‘indan iborat. Tasavvur qildingizmi?  Bu shunchaki bir xil «shi» so’zi yozilgan juda ko’p bir xil qatorlar. Ammo bu satrlarni to‘g‘ri ohanglarni qo‘llagan holda o‘qisangiz, mazmunli she’r xosil bo’ladi. Bu she’r Chjao Yuanren tomonidan chet elliklarni troll qilish uchun maxsus ixtiro qilingan. 

Shuni ta’kidlash kerakki, Xitoy aholisining o’zlari chet elliklarning talaffuzidagi xatolarga xayrixohdirlar, chunki kimdir ularning tilini o’rganayotgani ular uchun katta quvonchdir.

Zamonaviy lug’atlar odatda 20 000 dan ortiq bo’lmagan belgilarni o’z ichiga oladi.  Xitoyliklarning o’zlari 8000 tasini bilishadi. Chet elliklar uchun esa 3000 tasini bilish kifoya. 3000 ta so’z zaxirasi nafaqat kitob o’qish, balki suhbatni davom ettirish uchun  ham etarli.

Tilshunoslar tilni mamlakat madaniyati bilan bir qatorda o’rganishni maslahat berishadi, chunki ular qadim zamonlardan beri deyarli ajralmas.

Tarixiy fakt: 1959 yilda xitoy tili isloh qilindi. Natijada, mamlakatda o’z transkripsiya tizimi – pinyin jo’riy etildi. Pinyin xorijliklarga xitoy tilini o‘rganishni osonlashtirdi.  Aytgancha, Xitoy klaviaturasida ierogliflar emas, balki pinyin ishlatiladi. Xitoyliklar pinyin yordamida muloqot qilishadi – lotin alifbosining har bir harfiga ierogliflar guruhi biriktirilgan. Raqam bilan kerakli variantni tanlasangiz kifoya.

Xitoyliklar uchun savollarga «ha» yoki «yo’q» deb javob berish odatiy hol emas. 

Masalan, “Meni sevasizmi?” degan savolga xitoyliklar “ sevaman” yoki “sevmayman” deb javob berishadi.

Xitoylik yoshlar internet aloqasida raqamli kodlardan foydalanadilar.  Raqamlar to’plami yordamida tez-tez ishlatiladigan iboralar bilan maxsus aloqa tizimi ishlab chiqilgan. 

Masalan, 520 – «Men seni sevaman» va 065 – «Kechirasiz».

Shunday qilib, biz siz bilmagan xitoy tili haqidagi qiziqarli faktlarni saralab oldik.  Yuqorida aytilganlarga asoslanib, xitoy tili har bir kishi muomala qilishga odatlangan dunyoning boshqa tillaridan sezilarli darajada farq qilishini tushunish oson.

Ajoyib faktlarning xilma-xilligi xitoy tilini jozibali va qiziqarli qiladi.

Yusupova Sarvinoz,
O’zMU magistranti

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 3 =