2018-yilda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU dotsenti Mardon Raxmatov Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetida o‘zbek tilidan talabalarga saboq bera boshlagan. Bugungi kunda 11 nafar xitoylik talaba o‘zbek tilini puxta o‘rganishda davom etmoqda.
Joriy yilning avgust oyida Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetining bakalavr va magistrlaridan iborat delegatsiya ToshDO‘TAUga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalarga Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining kampusi va pedagogik jamoasi yaqindan tanishtirildi. O‘zbekiston va uning poytaxtiga bo‘lgan sayohat xitoylik talabalarda o‘zgacha taassurot uyg‘otdi. Albatta, bu tashrif ularning O‘zbekistonga qilinajak navbatdagi sayohatlari debochasidir. Chunki 2020-2021 o‘quv yilida aynan shu xitoylik talabalar akadem mobillik asosida ToshDO‘TAUda tahsil olishadi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.