XITOYLIK TALABALAR O’ZBEKISTONNING ETAKCHI UNIVERSITETIDA AMALIYOT O‘TAYDILAR

21.08.2024

2024-yil 20- avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining «China Silk Road Education Technology (Beijing) Co., Ltd» kompaniyasi rahbari Ma Xayching rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki tashkilot o’rtasida Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra, Xitoylik talaba-yoshlar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 4 =