XITOYNING O‘ZBEKISTONDAGI ELCHISI JANOB YU JUN “ELCHIXONA STIPENDIYASI” G’OLIBLARINI TAQDIRLADI
02.12.2023Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy instituti o‘qituvchi va talabalari Xitoy elchixonasi tomonidan tashkil qilingan “Elchixona stipendiyasi”ni topshirish marosimida ishtirok etishdi.
Tadbirda Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi janob Yu Jun ishtirok etib, sertifikat va stipendiyalarni o’z egalariga topshirdi.
Joriy yilda SamDCHTI hamda Konfutsiy institutining jami 17 nafar talabasi ushbu stipendiyaga loyiq deb topildi.
Xitoy elchixonasi stipendiyasi 2022-yildan xitoy tilini oʻrganish uchun astoydil mehnat qilayotgan oʻzbekistonlik talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan.