XORIJDA TA’LIM OLISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN MAXSUS KURS BOSHLANDI

04.04.2019

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1-apreldan xorijda ta’lim olishga nomzod yoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus chet tilini o‘rgatish o‘quv kurslari ish boshladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur o‘quv kurslari chet elda malaka oshirishga nomzod professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlarning chet tillari (ingliz, fransuz, nemiz) bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashni nazarda tutadi.

TDPUda tashkil etilgan chet tillari bo‘yicha o‘quv kurslarida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetidan nofilologik yo‘nalishdagi professor-o‘qituvchilar, doktorant hamda magistrantlar mazkur kurslarda ishtirok etmoqda.

Xorijda malaka oshirishga nomzodlar uchun B1, B2 hamda A2 toifalari bo‘yicha ta’lim beriladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan pedagoglarga “El-yurt umidi” jamg‘arma stipendiyasi tanlovida ishtirok etish uchun maxsus sertifikat beriladi.

Manba: tdpu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 + seventeen =