Professional ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.
Professional ta’lim muassasalarida ta’limning jozibadorligini oshirish va o‘quvchilarga xorijiy tillarni chuqur o‘rgatishni tashkil etish hamda tayyorlanayotgan o‘rta bo‘g‘in kadrlarni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida respublikamizdagi kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda bosqichma bosqich xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.
Xususan, Toshkent shahri misolida 5 ta tibbiyot yo‘nalishidagi kollej va texnikumda xorijiy til o‘rganish istagida bo‘lgan talabgorlarni saralash orqali jami 150 nafar o‘quvchiga oliy ta’lim muassasalaridan malakali o‘qituvchilar biriktirilib, koreys, yapon, ingliz, rus hamda nemis tillariga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.