“XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA BAHOLASH: YUTUQLAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O’Z ISHINI BOSHLADI

09.04.2021 1820

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Xorijiy tillarni o‘qitishda baholash: yutuqlar, muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’z ishini boshladi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zDJTU, Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Konferensiyada respublikamizning 12 viloyatidan oliy, o‘rta maxsus va xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 100dan ortiq malakali chet tili o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, AQSh elchixonasining ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Joan Kramb, AQShlik 20dan ortiq ingliz tili mutaxassislari, Gyote instituti va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy universitetlar vakillari ishtirok etmoqda.

Xabar to’ldirilmoqda…

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Shahriyor
    #1 Shahriyor 10 Aprel, 2021, 10:55

    Good part of the day.. I am a teacher of English at a secondary school 10 in Angren. The most important issue for me the problems in teaching. I would like to know how could you and we address the problem of the coursebooks

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.