XORIJIY TILLARNI O’QITISHNING MUAMMO VA ISTIQBOLLARIGA BAG’ISHLANGAN ONLAYN VEBINAR BO’LIB O’TDI

01.07.2020

Kuni kecha Samarqand davlat chet tillar institutida xorijning nufuzli bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan  hamkorlikda masofaviy ta’limni rivojlantirish hamda xorijiy tillarni o’qitishning muammo va istiqbollariga bag’ishlangan onlayn vebinar bo’lib o’tdi.

Jarayon doirasida Buyuk Britaniyaning Aston Universitetidan professor Sue Garton, Rossiyaning Voronej davlat universitetidan professor Elena Chayka, Ukrainaning Mikolayev davlat universitetidan professorlar Tetyana Meronenko hamda Lesya Dobrovolskaya, shuningdek, indoneziyalik indonez va ingliz tillari mutaxassisi Budiawan Mat Dawimlar ishtirok etishdi.

Jumladan, ishtiroki davomida xorijiy tillarni masofadan o’rgatish usullari, masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi, tizimning  tarkibiy maqsadi, mazmuni, vositalari va tashkiliy shakllari, tanlangan o’qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o’quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o’qitish metodi va uslublari to’g’risida Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari bilan fikr-mulohazalarini almashishdilar.

Xorijlik til mutaxassislari ishtirokida o’tkazilgan onlayn vebinar qiziqarli va muhokamalarga boy tarzda yakunlandi, jumladan, kelgusida bu kabi onlayn vebinarlarni muntazam ravishda hamkorlikda o’tkazib borilishiga kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + eleven =