XORIJIY TILLARNI O’QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA O’TKAZILDI
25.12.2023Andijon davlat chet tillari instituti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi tomonidan tashkil qilingan «Xorijiy tillarni o’qitishning zamonaviy texnologiyalari va tarjimaning dolzarb masalalari» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi.
Konferensiyani ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.A.Kurbanov ochib berdi va bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar chet tillarini o’rganishda keng tatbiq etilayotgani xususida fikrlarini bildirdi.
Anjumanda filologiya fanlari doktori, professor M.Umarxo’jayev so’z olib, tarjimashunoslik bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, mobil aloqa vositalari uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgani haqida so’zlab o’tdi.
Konferensiya davomida professor-o’qituvchilar, magistrantlar o’zlarining ilmiy ma’ruzalarini eshittirdilar.