XORIJLIKLARGA ONA TILIMIZNI O’RGATUVCHI YANGI DARSLIK – «O’ZBEKONA»

13.07.2020

“O‘zbekona” darsligi xorijiy tilni egallashning umumyevropa kompetensiyalari tizimiga asosan A1 darajani egallash imkonini beruvchi darslik bo‘lib, u 9 ta bo‘lim, 3 ta nazorat bloki, audiolar va qo‘shimcha materiallar kabi qismlardan iborat.

Ushbu darslik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Gulruxsor Ergasheva hamda O’zbek tili fakulteti talabalarining MO’TUL jamoasi tomonidan, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Saodat Adilova ilmiy rahbarligida yaratildi.

Kitob xorijiy til oʻqitishning oʻqib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish koʻnikmalarini to’laqonli qamrab olgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen + 17 =