YANA BIR UMUMTA’LIM MAKTABIDA NEMIS TILINING O’QITILISHI YO’LGA QO’YILDI
20.04.2023“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da muhtaram Prezidentimiz umumta’lim maktablarida xorijiy tillarning o’qitilish sifatini yanada oshirish va har bir maktab bitiruvchisi ikkita xorijiy tilni mukammal egallashi kabilarga alohida urg’u berdilar.
Shu munosabat bilan, Samarqand viloyat Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida shu kunga qadar Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari tomonidan fransuz tili o’qitilib kelinayotgan edi. Joriy xaftaning boshidan boshlab ikkinchi chet tili, ya’ni nemis tilini o’qitish bo’yicha to’garak faoliyat boshladi.
Bugun, 19-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov tumandagi 32-maktabda bo’lib, maktab ma’muriyati hamda o’quvchilar bilan uchrashib, dars jarayonlarining borishi hamda o’quv adabiyotlari va darsliklar bilan ta’minlanishi borasida mulohazalar almashdi. Ma’lumot uchun, darslar mutlaqo bepul tashkil etiladi va unda maktab o’quvchilari bir qatorda o’qituvchilar ham ishtirok etishi mumkin.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.