YAPON TILI NOTIQLIK SAN’ATI TANLOVI BO’LIB O’TDI

22.11.2020

Joriy yilning 2-6-noyabr kunlari O’zbekistonda 28-yapon tili notiqlik san’ati tanlovi onlayn tarzda o’tkazildi.

Tadbir Yaponiya elchixonasi, O’zbekistondagi yapon tili o’qituvchilari jamiyati, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Nagoya universitetining O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

Har yili o’tkazilayotgan tanlov o’quvchilar o’rtasida o’quv jarayonini rag’batlantirish, ommaviy nutq ko’nikmalarini shakllantirish, O’zbekistonda yapon tilini o’qitishni rivojlantirish, shuningdek, Yaponiya va O’zbekiston o’rtasidagi madaniy almashinuvni chuqurlashtirishga qaratilgan.

Tanlovda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Rishtonning turli ta’lim muassasalaridan 17 nafar talaba ishtirok etdi. Ular orasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent va Buxorodagi O’zbek-Yapon markazi, shuningdek, Rishton-Yaponiya «Noriko-Gakkyu» madaniy-iqtisodiy markazi mavjud.

Tanlov qoidalariga ko’ra, ishtirokchilar yapon tilida erkin tanlangan mavzuda 5 daqiqali nutq so’zladilar, so’ngra nutq mazmuni bo’yicha 2 ta savolga javob berishdi. Shu bilan birga, ekspertlar hay’ati til bilimi darajasini, notiqlik qobiliyatini, shuningdek, tanlangan mavzu bo’yicha ichki mazmun sifati va nutqning o’ziga xosligini baholadi. Pandemiya munosabati bilan tanlov onlayn rejimda bo’lib o’tdi, ya’ni ishtirokchilar o’zlarining video chiqishlarini oldindan yubordilar, ular ekspertlar hay’ati tomonidan baholandi. Ishtirokchilarning video chiqishlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://bit.ly/35GtYlS.

28-yapon tili notiqlik san’ati tanlovi natijalarini e’lon qilish va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi joriy yilning 21-noyabr kuni soat 15:00 da O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tdi. Marosimda Yaponiyaning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Janob Yeshchinori FUJIYAMA, O’zDJTU rahbariyati va professor-o’qituvchilari, shuningdek, talabalar ishtirok etdi.

Birinchi 6 sovrinli o’rinlar quyidagilar:

  • 1-o’rin — Hodiyeva Mohidil, mavzu: «Ezgu hayot yo’lida » (O’zDJTU)
  • 2-o’rin — Mahmudova Shahinabonu, mavzu:»Muhtoj odamlar uchun do’kon» (O’zDJTU))
  • 3-o’rin — Ismoilov Izzatillo, mavzu: «Ona etagida jannat» (Noriko-Gakkyu markazi)
  • 4-o’rin — Mahmudova Nilufar «Bir turna «(TDYU)
  • 5-o’rin — G’oyibov Shahzod «Chet ellikdan olgan darsim » (TDSHU)
  • 6-o’rin — Abdubotirova Munira «Muzqaymoqni yaxshi ko’rasizmi?»(TDSHU)

Birinchi o’rinni qo’lga kiritgan ishtirokchi Moskvada bo’lib o’tadigan MDH mamlakatlari orasida yapon tilidagi notiqlik san’ati tanlovida ishtirok etadi.

Tanlovning 4 nafar ishtirokchisi maxsus sovrinlar bilan taqdirlandilar:

  • Rozumbetova Yulduzxon, mavzu: «To’kilgan barglar bilan berilgan dars» (O’zDJTU)
  • Umarov Otabek, mavzu: «Vatan» (TDSHU)
  • Xolbekov Shahobiddin, mavzu: «Bir marta ko’k, doimo ko’k» (TDIU)
  • Gafurov Qodir, mavzu: «Kichik bir qishloqdagi katta devor» (TDYU).

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − 3 =