YAPON TILI NOTIQLIK SAN’ATIDA O’zDJTU TALABASI 1-O’RINNI EGALLADI

13.02.2020

Joriy yilning 8-fevral sanasida Yaponiyaning Mito shahrida chet ellik talabalar o’rtasida 29- Yapon tili notiqlik san’ati bo’lib o’tdi, deb xabar bermoqda O’zDJTU matbuot xizmati.

Unda Yaponiyada tahsil olayotgan chet ellik talabalar o’z mavzulari bilan qatnashishdi. Tanlov ikki bosqichdan iborat bo`lib, birinchi bosqichda qatnashuvchi haqida ma’lumot, uning nutq matni hamda audio yozuvi hakamlar hay’ati tomonidan ko’rib chiqildi. Shundan so’ng, qatnashuvchilar orasidan 15 nafari ya’ni, Buyuk Britaniya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, Braziliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Filippin, Xitoy, Rossiya, Mo’g’uliston, Tailand, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlardan kelgan talabalar keyingi bosqichga tanlab olindi.  Ishtirokchilar o’z chiqishlarini tugatishganidan so’ng hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi tartibda natijalar e’lon qilindi:

  • 1- o’rin: O’zbekiston;
  • 2- o’rin: Xitoy;
  • 3- o’rin: Buyuk Britaniya.

“Tadbir o’tkazilgan zalga kiraverishdagi yo’lakda qatnashuvchilarning rasmlari, ular haqida ma’lumot va davlat bayrog’i tushirilgan suratlar terib qo’yilgan edi. Tadbir so’ngida zaldan chiqar ekanman, davlatimiz bayrog’i tushirilgan surat oldida 10dan ziyod mehmonlarning to’planib turgani va davlatimiz bayrog’ini ko`rsatib «UZUBEKISUTAN» deya yaponcha talaffuz bilan aytayotganliklarini eshitdim. Shu onda Vatanimni ozgina bo’lsa-da tanita olganligimni his qildim”, – deydi tanlovning 1-o’rin sohibi, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Sardorxo’ja Bozorboyev.

Facebook/Sardorkhuja Bozorboev

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 3 =