YAPONIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANADA KENGAYMOQDA

25.07.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyidagi Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasi o‘rtasida “Yaponiya raqamli universiteti”ni tashkil qilish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan olib borilayotgan ishlar holatini muhokama qilish maqsadida 2020-yil 24-iyul kuni onlayn muloqot tashkil etildi. 

Mazkur tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U. Begimqulov, O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Abidjanov va Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Digital Knowledgekompaniyasi rahbari D-r Xaga va kompaniya vakillari ishtirok etdi. 

Muloqot chog‘ida U. Begimqulov mazkur universitetni tashkil qilish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganligi va qabul masalasi karantin talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkinligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda oliy ta’lim bilan yoshlarni qamrab olish va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonining borishi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. 

D-r Xaga “Yaponiya raqamli universiteti” MChJ ta’sis hujjatlari tasdiqlanganligi, ustav kapitali 9 milliard so‘mni tashkil qilishi haqida gapirib, abituriyentlar qabulini boshlashga tayyor ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan ajratilgan xonalarni zamonaviy dizayn asosida ta’mirlash va jihozlash, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, har bir talabaga sovg‘a sifatida bittadan noutbuk ajratish uchun mablag‘ ajratilganligini aytib o‘tdi. 

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori imzolangandan so‘ng bu universitet faoliyatining tashkiliy-huquqiy masalalari, jumladan, Vasiylik kengashi ishi hamda qabul jarayonini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine − one =