“YAPONIYA VA O‘ZBEKISTONDAGI BIR AVLOD VAKILLARI ALMASHINUVI” XALQARO LOYIHASI AMALDA

24.08.2024

Yaponiya Nagoya shahri Toshkent bilan birodar shahar bo‘lib, ayni paytda “Yaponiya va O‘zbekistondagi bir avlod vakillari almashinuvi” nomli xalqaro loyihani amalga oshirish davom etmoqda. Shu doirada 21-26 avgust kunlari Nagoya shahridan yigirma nafar maktab o‘quvchisi, bir nafar Nagoya hokimiyati vakili va ikki nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Kuni kecha yaponiyalik yoshlar O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakultetida mehmon bo’lishdi.

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif davomida yapon maqollarini o’z ichiga olgan viktorina o’tkazildi, talabalar yaponiyalik o’quvchilarga o’zbek milliy raqslarini oʻrgatishdi. Shundan so’ng mehmonlar universitet vakillari hamrohligida O’zbekiston amaliy san’at muzeyi, shuningdek, Oloy bozoriga borib, o’zbek milliy taomlaridan ta’tib ko’rdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + twelve =