YAPONIYADA ALISHER NAVOIY XOTIRASIGA HURMAT BAJO KELTIRILDI

09.02.2023

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati Tokioning Soka universiteti hududida joylashgan Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Tantanali marosimda Soka universiteti hududida 2004 yilda o‘rnatilgan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Tadbirda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodi faqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotida ham salmoqli o‘ringa ega ekanligi, Yaponiyada ham navoiyshunoslik bugungi kunda jadal sur’atlar bilan davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tadbirda, shuningdek, Soka universitetida tahsil olayotgan yurtimiz va Markaziy Osiyo davlatlari talabalari ham ishtirok etib, buyuk shoir g‘azallaridan namunalar o‘qib berish orqali Navoiy xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 + twenty =