YAPONIYADA “O‘ZBEK TILI VA MADANIYATI MARKAZI” TASHKIL ETILADI

02.05.2023

Joriy yilning 1-may kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan Aichi Prefektura Universiteti Vitse-prezidenti hamda Global strategiya bo‘limi direktori professor Kavabata Hiroaki Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘ldi hamda institut rektori, professor Ilhomjon To‘xtasinov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar o‘rtasida yangi loyihalarni amalga oshirish, bu borada hamkorlik shartnomasini tuzish va shartnomaga asosan amalga oshiriladigan ishlarni belgilash, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar tajribasini oshirish, ilmiy izlanuvchilarning tadqiqot olib borishlarida ham birgalikda ishlash kabilar yuzasidan fikr hamda takliflar almashinildi.

Ahamiyatli jihati, endilikda Samarqand davlat chet tillar institutida “Yapon tadqiqotlar markazi”ni ochish va markazning faoliyatini rivojlantirish uchun Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan Aichi Prefektura Universitetidan yapon tili o‘qituvchilarini jalb etish, shuningdek, Yaponiyada ham yaponiyalik talaba yoshlar uchun “O‘zbek tili va madaniyati markazi”ni ochish, unga professor-o‘qituvchilarni biriktirish va o‘quv adabiyotlari hamda darsliklar bilan ta’minlash, kelgusida Aichi Prefektura Universitetida o‘zbek tili fakultetini ochish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Jumladan, uchrashuv so‘ngida yuqoridagilarni amalga oshirish borasida tomonlar o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − two =