YAPONIYANING DIGITAL KNOWLEDGE KOMPANIYASI PREZIDENTI O’ZDJTUGA TASHRIF BUYURDI

17.01.2020

Joriy yilning 17-yanvar kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasi ijrochi direktori va prezidenti Xiroaki Xaga tashrif buyurdi.

Yaponiyalik mehmon O’zDJTU rektori G’.Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi. Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar kompaniya bilan O‘zDJTUda masofaviy va onlayn ta’limni joriy etish uchun Yaponiyaning JICA hamda boshqa tashkilotlari va fondlari orqali texnik vositalar va dasturiy ta’minot (software) olish uchun grant mablag‘larini ajratish; kompaniyaga masofaviy va onlayn kurslarni o‘tkazish uchun O‘zDJTU qoshida Satellite Campusni ochish uchun sharoitlar yaratish; kompaniya tomonidan AKT, biznes va boshqa yo‘nalishlarda Yaponiya OTMlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berilishi; yaponiyalik va xorijlik talabalar uchun onlayn o‘zbek/rus tili kurslarini yaratish masalalarini muhokama qildilar.

Ma’lumot o’rnida, Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasi ga 1995-yil dekabr oyida asos solingan. Ustav kapitali 40 mln. 450 ming yenni tashkil etadi. Kompaniyaning asosiy faoliyat turlari: Ilmiy tadqiqotlar, rivojlanish dasturlari, dasturiy ta’minotlar yaratish va ularni sotish hisoblanadi. Shu bilan birga kompaniya soha doirasidagi turli uyushma va tashkilotlarga a’zo bo‘lib, AKT va onlayn ta’limni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 5 =