Bugun, 5-sentabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga bir guruh yaponiyalik mehmonlar tashrif buyurdi.
Yaponiyaning turistik byurosi hisoblanuvchi “JTB Corporation” vakillari Takayuki Suzuki, Nozomi Saito hamda Anna Miyauralar universitetda tashkil qilingan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Universitet kampusi bilan tanishuvdan so’ng mehmonlar O’zDJTU vakillari bilan rasmiy uchrashuvda bo’ldilar. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasida Yaponiya bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.