18-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi doirasida Nagoya universitetida xalqaro ilmiy forum bo‘lib o‘tdi.
Forumda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonovlar Yaponiyaning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan yosh tadqiqotchilar va olimlar bilan muloqot qildilar.
Tadbirda O‘zbekistonda ilm-fan sohasini rivojlantirish, umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb vazifa va muammolarni hal qilish uchun ilmiy salohiyatni mustahkamlash bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.
– Ilm-fan sohasi vakillari, yosh olimlar – barchamiz millat kelajagi bilan bog‘liq muhim masalalar atrofida birlashishimiz lozim, – dedi Inomjon Majidov. – Yaponiyada tahsil olayotgan barcha talabalar, yosh olimlarimizni o‘z ilmiy salohiyatini O‘zbekistondagi yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirish, birgalikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga taklif qilamiz.
Ushbu forum, shubhasiz, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot sohasini rivojlantirish, olib borilayotgan izlanishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.