YAPONIYANING O‘ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI SAMDCHTIGA TASHRIF BUYURDI

06.04.2019

Yaponiya OTMlari va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida kelajakda hamkorlik aloqlarini o‘rnatish maqsadida Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Nabuaki ITO ishtirokidagi delegatsiya SamDChTIga tashrif buyurdi.
        Tashrif davomida bo‘lib o‘tgan elchi janoblari Nabuaki ITO hamda institut rektori I.Tuxtasinov, Ingliz tili II fakulteti dekani O.Yusupov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov, shuningdek, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar ishtirokidagi uchrashuvda SamDChTIda, SamDChTI akademik litseyida yapon tili o‘qitilishini rivojlantirish, jumladan, elchixona va institut o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida fikr hamda takliflar bildirib o‘tildi.
         Uchrashuvdan so‘ng I.Tuxtasinov elchi janoblariga institutdagi mavjud shart-sharoitlar hamda institut qoshida ochilgan Konfutsiy instituti bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, institut yapon tili o‘qituvchilari va institut talabalari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi va bunda yaponiyalik Nabuaki ITO institut talabalariga yapon tilini o‘rganishda foydalanish uchun zamonaviy darslik va adabiyotlar sovg‘a qildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + 6 =