To’liq tomosha qilish: http://ed.ted.com/lessons/the-language-of-lying-noah-zandan
Kuniga biz yolg’on bilan 10 dan 200 tagacha marta to’qnashamiz. Biz tariximizni ko’p qismini fiziologik analiz yo’llari bilan yolg’onni aniqlashga ketkazgan bo’lsak-da, bu metodlar ishonchsiz deb topilmoqda. To’g’riroq yoki aniqroq yo’li bormi? Noa Zandan muloqot ilmi yordamida yolg’onni analiz qilish borasida bir necha mashhur yolg’onlardan misollar keltirdi.
Manba:
https://ed.ted.com/
Uzbek Subtitles:
0:09 – 0:11 «Kechirasiz, telefonimni quvvati tugadi».
0:11 – 0:13 «Jiddiy narsa yo’q. Hammasi yaxshi».
0:13 – 0:17 «Qo’yilgan ayblovlar mutlaqo asossiz».
0:17 – 0:20 «Kompaniya boshliqlari bu qonunbuzarliklardan bexabar edi».
0:21 – 0:24 «Men seni sevaman».
0:24 – 0:26 Biz yolg’on bilan har kuni 10 dan 200 tagacha marta yuzlanamiz,
0:26 – 0:30 va yolg’onni aniqlash yo’llarini topish uchun ancha vaqt ketkazamiz:
0:30 – 0:33 O’rta asr tergov va qiynash qurollaridan tortib,
0:33 – 0:36 poligraflar, ovoz va nafas olishni analiz qiladigan mashinalar,
0:36 – 0:39 ko’z harakatlarimizni kuzatuvchi yoki
0:39 – 0:42 200 kg dan iborat miya biotoklarini yozuvchi uskunalargacha.
0:42 – 0:45 Shunga qaramay, bu uskunalar ma’lum bir sharoyitda ishlaydi,
0:45 – 0:48 ko’pchiliklarini hattoki aldash ham mumkin,
0:48 – 0:52 va ularni sud jarayoni uchun ishlatishni ishonchli deb bilishmaydi.
0:52 – 0:55 Agar muammo bu usullarda emas,
0:55 – 0:59 aldoqchilarning fiziologik belgilarining o’zgarishi borasidagi g’oyada bo’lsa-chi?
0:59 – 1:01 Agar bunga to’g’ri qarasak,
1:01 – 1:04 muloqotga oid bilimlarni yolg’onni analiz qilish uchun qo’llasak-chi?
1:05 – 1:10 Biz ko’pincha o’zimizni ynada yaxshiroq ta’riflash uchun aldasak kerak.
1:10 – 1:13 Aslida qanday bo’lishni xoxlasak shunday ta’riflaymiz.
1:13 – 1:15 Asil holimizda qanaqa ekanligimizni emas.
1:15 – 1:20 Lekin miyamiz orzu qilish bilan band bo’lganda, u juda ko’p signallar beradi.
1:20 – 1:24 Bizning ongimiz emotsional informatsiyaning bor-yo’g’i 5%ini boshqaradi,
1:24 – 1:25 muloqot ham shu jumladan.
1:25 – 1:29 Qolgan 95%i esa ongimiz doirasidan tashqarida.
1:29 – 1:32 Reallikni his qilish haqidagi ayrim adabiyotlarga ko’ra,
1:32 – 1:34 tasavvurga asoslangan voqealar
1:34 – 1:38 haqiqatga asoslanganlariga qaraganda katta farq qiladi.
1:38 – 1:42 Bu shuni anglatadiki, ma’lum bir mavzuda yolg’onni o’ylab topish kuch talab etadi,
1:42 – 1:45 va buning oqibatida boshqacha til modeli ishlatiladi.
1:45 – 1:48 «Lingvistik matn analizi» deb nom olgan texnologiya
1:48 – 1:51 yolg’onning ong osti tilining to’rtta umumiy modelini
1:51 – 1:53 aniqlashga yordam berdi.
1:54 – 1:58 Birinchi model: yolg’on ma’lumotlarda yolg’onchilar o’zi haqida juda kam axborot berishadi.
1:58 – 2:02 Ular o’z yolg’onidan uzoqroq bo’lish maqsadida o’zlari haqida
2:02 – 2:05 uchinchi shaxsda gapirishadi yoki yozishadi.
2:05 – 2:07 Nima soxta eshitiladi:
2:07 – 2:10 «Uyda hech qanday bazm uyushtirilmadi»
2:10 – 2:12 yoki «Men bu uyda bazm uyushtirmadim»?
2:13 – 2:16 Ikkinchi tomondan, yolg’onchilarda odatda o’z yolg’oni
2:16 – 2:19 sabab aybdorlik hissi uyg’onib, buning oqibatida negativ kayfiyatda bo’lishadi.
2:19 – 2:21 Masalan yolg’onchi shunday deydi:
2:21 – 2:26 «Kechirasiz, ahmoqona telefonim o’chib qoldi. O’lgudek yomon ko’raman har safar shunday bo’lganini.»
2:26 – 2:29 Uchinchidan, yolg’onchilar odatda hamma narsani juda oddiy izohlashadi.
2:29 – 2:32 Bunga sabab, miyamizning murakkab yolg’on o’ylab topishdan bosh tortishidir.
2:32 – 2:33 Hukm yoki baho?
2:33 – 2:36 Bu narsalarni miyada hisob-kitob qilish qiyin.
2:36 – 2:39 AQSH prezidentining gaplarini eslaymiz:
2:39 – 2:42 «Menda bu ayol bilan hech qanday jinsiy aloqabo’lgani yo’q».
2:42 – 2:45 Va, nihoyat, oddiy izohlashlarga qaramasdan,
2:45 – 2:48 yolg’onchilar murakkab va oddiy bo’lmagan gap tuzilishlaridan foydalanishadi.
2:48 – 2:50 Keraksiz so’zlarni ishlatib,
2:50 – 2:53 ahamiyatsiz, lekin rost bo’lib ko’rinuvchi detallarni keltirishadi.
2:54 – 2:56 Boshqa prezident shov-shuvli voqeadan keyin shunday degan:
2:56 – 3:00 «Haqiqiy qidiruv-tergov ishlaridan keyin shuni ishontirib aytamanki,
3:00 – 3:01 Oq uy ishchilaridan hech kim,
3:01 – 3:04 hozirgi administratiyadan hech kimning
3:04 – 3:07 bu g’alati hodisada qo’li yo’q».
3:07 – 3:10 Keling lingvistik analizni mashhur misollar bilan ko’rib chiqamiz.
3:10 – 3:13 7 karra «Tur de Frans» g’olibi Lens Armstrongni olaylik.
3:13 – 3:15 2005-yilgi doping moddalarini
3:15 – 3:18 iste’mol qilganini inkor qilgan intervyusi bilan
3:18 – 3:21 2013-yilgi buni tan olgan intervyusini solishtiramiz.
3:21 – 3:25 Ikkinchi intervyuda u ishlatgan shaxsiy olmoshlar soni 3/4 ga ortgan.
3:25 – 3:28 Quyidagi ikkita gaplarni bir solishtirib ko’ring.
3:28 – 3:32 Birinchisi: «Xa, bilasizmi, Parij laboratoriyasidagi yigit, kim edi,
3:32 – 3:36 qandaydir Jan-Fransis, sinov uchun namunalar oladi.
3:36 – 3:39 Keyin esa sizga gazetadan qo’ng’iroq qilib shunday deyishadi:
3:39 – 3:42 «Biz EPO bo’yicha 6 marta ijobiy analiz oldik».
3:43 – 3:45 Ikkinchisi: «Men adashib ketdim.
3:45 – 3:48 Men aminman, bu qo’lidan keladigan odamlar topiladi,
3:48 – 3:50 lekin bu aniq meni qo’limdan kelmaydi.
3:50 – 3:53 Men hayotimda hamma narsani boshqarishga odatlanganman.
3:53 – 3:55 Va men hayotimdagi har bir natijani boshqarganman.»
3:55 – 3:58 Armstrong inkor qilayotib tahminiy bir holatni tasvirlaydi,
3:58 – 4:00 uyam bo’lsa boshqa bir shaxsga qaratilgan,
4:00 – 4:03 o’zini to’liq chetda qoldirgan holda.
4:03 – 4:05 Tan olayotib esa u o’zi haqda gapiradi
4:05 – 4:09 va shaxsiy hissiyotlari va motivatsiyasiga berilib ketadi.
4:09 – 4:13 Lekin shaxs olmoshlarining qanday ishlatilishi — bu bir yolg’on ko’rsatuvchi indikator xolos.
4:13 – 4:15 AQSH prezidentligiga da’vogar sobiq senator
4:15 – 4:18 Jon Edvardsning ham nutqini ko’rib chiqamiz:
4:18 – 4:21 «Menga faqat bolaning otasi deyilayotgan inson
4:21 – 4:23 go’dakning otasi u ekanini tan olgani ma’lum.
4:23 – 4:26 Men shuningdek ayolga yoki go’dakning otasiga qo’yilgan
4:26 – 4:29 talab yoki to’lov bilan bog’liq bo’lgan, yoki shuni anglatadigan
4:29 – 4:32 hech qanday biror harakatlarda qatnashmadim».
4:32 – 4:36 Bu yerda nafaqat «Bola meniki emas» gapining chalkash bir ko’rinishini ko’ryapmiz,
4:36 – 4:39 bunda Edvards boshqalarni biror marta ham ismlari bilan
4:39 – 4:43 aytmasdan, «go’dak», «ayol», «taxminiy ota» so’zlarini ishlatdi.
4:43 – 4:46 Endi esa oxiri qanday holatda tan olganini ko’ramiz:
4:46 – 4:48 «Men Quinning otasiman.
4:48 – 4:50 Men unga u loyiq bo’lgan mehrni va yordamni
4:50 – 4:52 berish uchun kelgan hamma ishni qilaman.
4:53 – 4:55 Gaplar qisqa va aniq.
4:55 – 4:58 Go’dak ismi bilan aytilyapti, uning hayotidagi roli nazarda tutilgan.
4:58 – 5:02 Xo’sh, bu metodlarni hayotda qanday qo’llasa bo’ladi?
5:02 – 5:05 Birinchidan, hayotda biz eshitadigan yolg’onlar
5:05 – 5:10 misollarda keltirilgan yolg’onlarga nisbatan ancha zararsiz va jiddiy emas.
5:10 – 5:13 Qaysi belgilar yolg’onni fosh etib qo’yadi:
5:13 – 5:16 o’zi haqida kam gapirish, nutqdagi negativ ton,
5:16 – 5:19 oddiy ta’riflar va murakkab iboralar.
5:20 – 5:23 Bu sizga katta narxlarda arzon aksiyalarni sotib olmaslikdan,
5:23 – 5:26 sifatsiz mahsulotlarni harid qilishdan, hattoki, yomon munosabatlardan saqlaydi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.