YOSH JURNALISTLAR UCHUN KASB ETIKASI MAVZUSINI YORITISH BO’YICHA STIPENDIYA TANLOVI

11.01.2021

Bitiruvchilar va aspirantura talabalar — yosh jurnalistlar uchun Germaniya va Polshada o’tadigan ikki haftalik yozgi stipendiya dasturiga qabul boshlandi.

«Osvensimdagi kasb etikasini o’rganish stipendiyasi» dasturi (Fellowships at Auschwitz for the Study of Professional Ethics (FASPE)) 14-16 ta eng yaxshi nomzod-talabalarni saralab oladi.

Dasturning asosiy mavzulari:

  • texnologiyaning jurnalistika va publisistikaga ta’siri;
  • «feyk yangiliklar» davrida axborotni yoritishdagi qiyinchiliklar;
  • hokimiyat mas’uliyatini ta’minlash va noo’rin hatti-harakatlarni normallashtirishda jurnalistlarning roli;
  • nasizm davrida nemis va chet el jurnalistlari duch kelgan qiyinchiliklar va boshqa mavzular.

Dastur muddati — 21-maydan 4-iyungacha.

Talab etiladigan tillar — ingliz, nemis tillari.

Hujjatlar qabul qilish muddati — 27-yanvar, 2021-yil.

Ingliz tilida to’liq ma’lumot va hujjat topshirish uchun ushbu havoladan foydalaning: https://www.faspe-ethics.org/journalism/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − 7 =