YOSH OLIMLAR UCHUN “ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR” XALQARO KONFERENSIYASI BO’LIB O’TADI

22.10.2019

Yosh olimlarni joriy yilning 1-noyabrida boʼlib oʼtadigan ilm-fan va innovatsion jarayonlarni rivojlantirishning dolzarb muammolariga bagʼishlangan «Ilm-fan va innovatsiyalar» xalqaro konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.

Konferensiya tashkilotchisi: Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazi.
Konferensiya ishtirokchilari yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi mavjud tendensiyalarni muhokama qilishlari koʼzda tutilgan. Konferensiya oʼzbek, rus va ingliz tillarida oʼtkaziladi. Konferentsiya doirasida quyidagilar oʼtkaziladi:
• plenar yigʼilish;
• ilm-fan, shuningdek ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼyicha sektsiyalar ishi;
• ogʼzaki muhokamalar;
• innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼyicha trening-seminar. 

Konferensiyaning eng yaxshi maʼruzalari OАK roʼyxatiga kiritilgan «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» jurnalida ilmiy maqolalar koʼrinishida chop etish uchun tavsiya etiladi. Konferensiya natijalari boʼyicha tanlab olingan eng yaxshi loyihalarga Oʼzbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʼtkazilgan startap-loyihalar tanlovining navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun loyihani tayyorlashda konsalting yordam koʼrsatiladi.
Konferensiyada ishtirok etish bepul. Konferentsiya materiallari boʼyicha toʼplam tayyorlanadi. Konferentsiya materiallari toʼplami va qatnashchining guvohnomasi, agar arizada ushbu xizmatning zarurligi toʼgʼrisida koʼrsatma berilgan boʼlsa, pullik asosda taqdim etiladi. Toʼplamning elektron versiyasi Ilgʼor texnologiyalar markazining veb-saytida eʼlon qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun: https://mininnovation.uz/oz/announcement/11-10-2019-international-conference

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × five =