“YOSHLAR ODAM SAVDOSIGA QARSHI!” MAVZUSIDA MAQOLALAR TANLOVIDA ISHTIROK ETING!
20.07.2020BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok eting, odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shing va g‘olib bo‘ling!
Gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar orqali aniqlanadilar:
“Eng professional maqola” – Smartfon va qimmatbaho sovg’alar
“Eng ilmiy-tahliliy maqola” – Smartfon va qimmatbaho sovg’alar
“Eng yosh muallif” – Smartfon va qimmatbaho sovg’alar
2020-yil 18-iyuldan 28-iyulga qadar uzb.youth@gmail.com elektron pochtasi yoki +998993731006 raqamiga telegram orqali qabul qilinadi.
Maqolalar internet saytlari yoki gazeta va jurnallarda chop etilgan bo’lishi shart!
G‘oliblar 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi.
Tanlov haqida batafsil ma’lumotlarni +998993731006 raqami orqali olishingiz mumkin.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.