YOSHLAR UCHUN YANGI LOYIHA: «STUDENT’S PARTY»

19.04.2019

«Toshkent sizni sevadi» loyihasi doirasida har oyning o‘ninchi, yigirmanchi va o‘ttizinchi kunlari «Yoshlik» talabalar shaharchasida «Student’s party» o‘tkaziladi.

Tadbirning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yurtimizdagi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif etilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishdir.

 Loyihada talabalar musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlarida o‘z qiziqishlari va iste’dodlarini namoyon etishadi.

Tadbir doirasida «Talabalar festivali», «Nihol» mukofoti sovrindorlari chiqishlari, «Yangi yulduzlar» loyihasi ishtirokchilari ijrosidagi musiqiy kompozitsiya hamda «DJ» shou bo‘lib o‘tadi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seven + 16 =