YOSHLAR YETAKCHILARI FORUMI OCHIQ MULOQOTI BO’LIB O’TDI

21.12.2024

Bugun, 21-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida ikki yuzdan ortiq oliy taʼlim muassasalari yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, ularning rahbarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot qildi.

Uchrashuv davomida vazir yoshlar yetakchilarining masʼuliyatli vazifalarini taʼkidlab, ularning talabalar iqtidorini namoyon qilish, rahbarlik qobiliyatini shakllantirish va soha rivojiga hissa qoʻshishdagi ahamiyatini qayd etdi. 

Vazir oʻz nutqida: “Liderlik – bu odamlarni yangi marralarga ilhomlantirish, ularga yoʻl koʻrsatish va imkoniyat yaratishdir. Sizning yetakchilik sifatlaringizni rivojlantirish uchun har bir imkoniyatdan foydalaning. Muvaffaqiyat faqat katta yutuqlar bilan oʻlchanmaydi, balki qatʼiyatli va maqsadli kichik qadamlar orqali ham katta oʻzgarishlar yaratish mumkin”, – deya ta’kidladi.

Uchrashuv yoshlarni ilhomlantirish va kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan rahbar kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladigan muhim tashabbus boʻldi.

https://gov.uz/oz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × one =