5 ways to kill your dreams

October 9, 2019

Speaker: Bel Pesce

All of us want to invent that game-changing product, launch that successful company, write that best-selling book. And yet so few of us actually do it. TED Fellow and Brazilian entrepreneur Bel Pesce breaks down five easy-to-believe myths that ensure your dream projects will never come to fruition.

(Video subtitrlar orasida o’zbek tilini ham topishingiz mumkin)

Uzbek Subtitles:

0:01 – 0:03
Men oxirgi ikki yilimni insonlar qanday¶
0:03 – 0:06
o’z orzulariga erishishini tushunishga urindim.
0:06 – 0:08
Biz orzularimiz va fazoda qoldirmoqchi
0:08 – 0:10
bo‘lgan izimiz haqida o’ylar ekanmiz,
0:10 – 0:14
orzularimiz va amalga oshmagan ishlar orasida
0:14 – 0:17
qanchalik katta tafovut borligini ko‘rib hayratda qolamiz.
0:17 – 0:18
(Kulgu)¶
0:19 – 0:20
Shunday qilib bugun huzuringizda¶
0:20 – 0:24
orzular sari intilmaslikning 5 yo‘li haqida so‘zlamoqchiman.
0:25 – 0:30
Birinchisi: Bir kechada muvaffaqiyatga erishishga ishoning.¶
0:30 – 0:31
Shunaqa hikoyani bilasiz-ku, a?
0:31 – 0:36
Texnika dahosi bo‘lgan yigit mobil ilova yasab, darrov katta pulga sotadi.
0:37 – 0:41
Hikoya rostdek tuyular, ammo garov o‘ynaymanki, uni to‘lig‘icha eshitmaganmiz.
0:41 – 0:43
Agar izlanishda davom etsak, u bola
0:43 – 0:45
avval 30 ta ilovani yasaganini, shu mavzuda
0:45 – 0:48
magistraturani, PhD dasturini bitirganini bilib olamiz.
0:48 – 0:51
U 20 yillab shu masala ustida ishlagan.
0:52 – 0:53
Bu chindan ham qiziq.¶
0:53 – 0:59
O‘zimning Braziliyadagi hikoyamni ham odamlar bir kechadagi muvaffaqiyat deb hisoblaydi.
0:59 – 1:01
Men soddaroq oiladanman va oxirgi muddatga
1:01 – 1:05
ikki hafta qolganida Massachussets Texnologiya Institutiga
1:05 – 1:07
hujjat topshirishni boshlaganman.
1:07 – 1:09
va buni qarabsizki!.. Meni qabul qilishdi.
1:10 – 1:13
Odamlar buni bir kechadagi muvaffaqiyat deb o’ylashlari
1:13 – 1:16
mumkin, lekin bu ish shungacha bo‘lgan 17 yilimda
1:16 – 1:19
hayotim va ta’limga jiddiy qaraganim uchungina amalga oshdi.
1:19 – 1:23
Sizning bir kechadagi muvaffaqiyatingiz har doim
1:23 – 1:26
o‘sha lahzagacha hayotda qilgan ishlaringiz natijasidir.
1:27 – 1:30
Ikkinchisi: So‘roqlaringizga boshqa odamlarda javoblar borligiga ishoning.¶
1:30 – 1:33
Hamisha odamlar yordam qilgisi keladi, to‘g‘rimi?
1:33 – 1:36
Turli odamlar: oilangiz, do‘stlaringiz, biznes hamkorlaringiz,
1:36 – 1:39
hammaning qaysi yo‘lni tanlashingiz kerakligi haqda o‘z fikri bor:
1:39 – 1:42
“Men seni bunday qilishingni maslahat beraman”.
1:42 – 1:43
Lekin unga kirganingizda
1:43 – 1:46
tanlashingiz kerak bo‘lgan boshqa yo‘laklar chiqadi
1:46 – 1:49
va o‘sha qarorlarni o‘zingiz qabul qilishingiz zarur.
1:49 – 1:53
Sizning hayotingiz uchun hech kimda ideal javoblar yo‘q.
1:53 – 1:56
Va siz qaror qabul qilishda davom etishingiz kerak.
1:56 – 1:59
Quvurlarning oxiri ko‘rinmaydi, siz esa boshingizni urib
1:59 – 2:01
olasiz, bu esa jarayonning bir qismi.
2:02 – 2:05
Uchinchisi, eng nozik, ham eng muhimi:¶
2:06 – 2:09
O‘sishingiz kafolatlanganda harakatdan to‘xtang.
2:09 – 2:11
Demak, hayotingiz zo‘r ketyapti,
2:11 – 2:13
birgalikda zo‘r jamoa yig‘gansiz
2:13 – 2:16
daromadingiz oshib bormoqda, hammasi o‘z joyida
2:16 – 2:18
harakatdan to‘xtash vaqti keldi.
2:18 – 2:20
Birinchi kitobimni chiqarganimda
2:20 – 2:23
uni butun Braziliya bo‘ylab tarqatish uchun jon-jahdim bilan
2:23 – 2:26
ishlaganman. Shunda uni 3 milliondan oshiq odam
2:26 – 2:28
yuklab olgan, 50 mingdan ziyod odam qog‘ozli versiyasini
2:28 – 2:32
xarid qilgan. Davomini yozganimda ba’zi natijalar kafolatlangan edi.
2:33 – 2:36
Kamroq ishlasam ham sotuvlar yaxshi bo‘lardi.
2:36 – 2:38
Ammo “yaxshi” degani aslida yetarlimas.
2:38 – 2:40
Bir cho‘qqiga qarab ko‘tarilib borarkansiz,
2:40 – 2:44
har qachongidan ko‘proq zahmat chekishingiz va
2:45 – 2:46
boshqa cho‘qqiga chiqishingiz kerak
2:46 – 2:48
Balki biroz uringanimda bir-ikki yuz ming odam
2:48 – 2:50
uni o‘qirdi va bu zo‘r natija.
2:50 – 2:52
Lekin ko‘proq harakat qilsam,
2:52 – 2:55
raqamlarni millionlarga chiqarishim mumkin.
2:55 – 2:58
Shu sabab, yangi kitobim bilan Braziliyaning har bir shtatiga
2:58 – 3:01
borishga qaror qildim, balandroq cho‘qqini ko‘rganda esa
3:01 – 3:03
harakatdan to‘xtashga vaqt qolmaydi.
3:03 – 3:06
To‘rtinchi, muhim maslahat:¶
3:06 – 3:09
Ayb boshqa birovda ekaniga ishoning.
3:10 – 3:12
Hamisha odamlar: “Zo‘r g‘oyam bor edi, hech
3:12 – 3:16
bir investor uni tushuna olmadi”, “Mana zo‘r mahsulot yaratdim,
3:16 – 3:18
lekin bozorning ahvoli yomon edi,
3:18 – 3:22
sotuvlar yaxshi bo‘lib ketmadi” yoki “Yaxshi ishchilar topolmayapman, jamoam
3:22 – 3:26
kutganimdan ancha yomon” deganiga guvoh bo‘laman.
3:27 – 3:28
Orzularingiz bormi,
3:28 – 3:31
ularni amalga oshirish sizning zimmangizda.
3:32 – 3:34
Ha, iqtidorli ishchi topish qiyin bo‘lishi mumkin.
3:34 – 3:36
Ha, bozor yomon bo‘lishi mumkin.
3:36 – 3:38
Lekin hech kim g‘oyangizga pul tikmagan yoki
3:38 – 3:40
mahsulotingizni hech kim sotib olmagan
3:40 – 3:43
bo’lsa, albatta bunda o‘zingizning qandaydir aybingiz bor.
3:43 – 3:45
(Kulishadi)¶
3:45 – 3:47
Albatta.¶
3:47 – 3:50
Orzularingizni shartta olib, ro‘yobga chiqarishingiz zarur.
3:50 – 3:53
Hech kim maqsadlariga bitta o‘zi erishmagan.
3:53 – 3:57
Biroq ularni ro‘yobga chiqarmasangiz, bu hech kimning emas, aynan sizning aybingizdir.
3:57 – 4:00
Orzularingiz uchun o‘zingiz javobgar bo‘ling.
4:01 – 4:05
Yana bir oxirgi maslahat va bunisi ham haqiqatda muhim:¶
4:06 – 4:11
Orzularning o‘zigina ahamiyatli ekaniga ishoning.
4:11 – 4:14
Bir kuni bir reklama ko‘rdim-da, unda bir talay do‘stlar
4:14 – 4:17
tog‘ga chiqishayotgan edi. Tog‘ juda baland bo‘lib, rosa
4:17 – 4:18
g’ayrat to’kishayotgandi.
4:18 – 4:21
Ularning terlayotgani va qiynalayotganini ko‘rish mumkin edi.
4:21 – 4:25
Ular tepaga ko’tarilishdi va oxir-oqibat ular cho‘qqiga ham yetishdi.
4:25 – 4:27
Albatta, ular buni nishonlamoqchi edi.
4:27 – 4:30
Demak, “Ha, biz buni uddaladik, biz tog‘ning eng tepasidamiz!” deyishdi.
4:31 – 4:33
Ikki soniya o‘tib, biri boshqasiga qaradi va dedi:
4:34 – 4:35
“Mayli, ketdik pastga tushamiz.”
4:35 – 4:37
(Kulishadi)¶
4:37 – 4:40
Yashash degani hech qachon maqsadlarning o‘zi emas.¶
4:40 – 4:41
Hayot misli sarguzashtdir.
4:42 – 4:44
Ha, maqsadlarning o‘zidan baxra olish kerak,
4:44 – 4:47
lekin odamlar o‘ylashadiki, sizning orzularingiz bor va
4:47 – 4:50
qachondir o‘sha orzulardan biriga yetishganingizda
4:50 – 4:53
mo‘jizali davr keladi va atrof baxtga to‘la bo‘ladi.
4:54 – 4:57
Lekin orzuning ushalishi bir lahzalik tuyg‘u,
4:57 – 4:59
hayot esa unday emas.
4:59 – 5:02
Barcha orzularga chinakamiga erishishning yagona yo‘li
5:03 – 5:06
bosib o‘tilajak so‘qmoqdagi har bir qadamdan to‘liq zavqlanishdir.
5:06 – 5:08
Bu eng zo‘r yo‘li.
5:08 – 5:10
Bosib o‘tadiganimiz esa oddiy qadamlardan iborat.¶
5:10 – 5:12
Ba’zi qadamlar o‘z o‘rniga tashlanadi.
5:12 – 5:14
Ba’zida og‘ishib ketasiz.
5:14 – 5:19
Agar to‘g‘ri odimlasangiz, quvoning, chunki ko‘plar quvonish uchun ancha kutadi.
5:19 – 5:22
Og‘ishib ketadigan bo‘lsangiz, undan saboq chiqarishga urining.
5:22 – 5:27
Agar har bir qadam saboq yoki quvonish uchun sabab bo‘lsa, bosib
5:27 – 5:29
o‘tadigan yo‘lingizdan albatta zavq olasiz.
5:30 – 5:32
Demak, besh masalahat:¶
5:32 – 5:34
Bir kechada zafar quchishga ishoning,
5:34 – 5:37
savollaringizga boshqalarda javob borligiga,
5:37 – 5:40
o‘sish kafolatlanganda harakatdan to‘xtash kerak ekanligiga,
5:40 – 5:42
ayb doimo birovda ekanligiga ishoning
5:42 – 5:45
va maqsadlarning o‘zigina muhimligiga ishoning.
5:45 – 5:48
Ishonavering, shularni qilasizu, orzularingiz vayron bo‘ladi.
5:48 – 5:50
(Kulishadi)¶
5:50 – 5:51
(Olqishlar)¶
5:51 – 5:52
Rahmat.¶
5:53 – 5:54
Rahmat.¶
5:54 – 5:58
(Olqishlar)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 3 =