“HIPPO-2020 – 8-XALQARO INGLIZ TILI FANI OLIMPIADASI”
October 26, 2019HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi, 2012 yil Angliya Davlatining “Pearson Education” tashkiloti ko’magi ostida, Italiya davlatining “Global HIPPO Association” uyushmasi tasarrufida tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq (ingliz tili asosiy til hisoblanmagan) davlatlari 36 000 (o’ttiz olti ming) atrofida ishtirokchilar qatnashib kelmoqda. 2018 yildan buyon Angliya davlatining Gatehouse Awards tashkiloti bilan hamkorlikda ish faoliyatini davom ettirmoqda va har bir ishtirokchi HIPPO olimpiadasida Xalqaro standart darajasiga ega bo’lgan, Buyuk Britaniya IESOL testlarini topshiradi. Ushbu olimpiadada ishtirokchilar jami 4 ta ko’nikma (so’zlashish, o’qish, yozish va tinglab tushunish) bo’yicha bellashadi. Ilk bosqichda,o’qish va tinglab tushunish, yarim final bosqichida esa yozish va o’qish. Final bosqichida barcha ko’nikmalar bo’yicha imtihon topshirishadi.
Olimpada bosqichlari
Ushbu olimpiada 3 turdan iborat:
1- TUR: Ilk saralash bosqich (O’zbekiston xududlarida ishtirokchi soniga qarab): 7-8 Fevral, 2020 – test topshiriqlari: o’qish va tinglab tushinish
2-TUR: Yarim final bosqich (Toshkent shaxri): 13-14 Mart, 2020 – test topshiriqlari: o’qish va yozma ish
3-TUR: Yakuniy bosqich (Italiya davlati, Venetsiya shaxri): 15-17 May, 2020 – test topshiriqlari: so’zlashish, tinglab tushinish, o’qish va yozma ish
HIPPO 2020 haqida batafsil ma’lumot (Uzbek tilida)
HIPPO 2020 haqida batafsil ma’lumot (Rus tilida)
Onlayn ro’yhatdan o’tish: havola
Batafsil ma’lumot uchun telegram gruppaga qo’shiling yoki aloqa telefoni orqali murojaat qiling.
Manba: @elpcolympiad telegram kanali
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.