Speaker: Lýdia Machová
Want to learn a new language but feel daunted or unsure where to begin? You don’t need some special talent or a “language gene,” says Lýdia Machová. In an upbeat, inspiring talk, she reveals the secrets of polyglots (people who speak multiple languages) and shares four principles to help unlock your own hidden language talent — and have fun while doing it.
Source:
https://ted.com/
(tarjima vaqtiga videodagi TED logotipli kirish qismi hisobga olinmagan)
Uzbek Subtitles:
0:02 – 0:05
Men chet tillarini o’rganishni yoqtiraman. ¶
0:05 – 0:09
Menga bu mashg’ulot shunchalik yoqadiki, men har ikki yilda bitta yangi tilni o’rganaman.
0:09 – 0:11
Hozirda esa sakkizinchisini o’rganayapman.
0:11 – 0:13
Odamlar bu haqda xabar topganlarida doim so’rashadi:
0:14 – 0:16
“Buni qanday qilasan? Siring nimada?”
0:16 – 0:19
To’g’risini aytsam, yillar davomida shunday deb kelganman:
0:19 – 0:21
“Bilmayman. Men tillarni o’rganishni yoqtiraman xolos”.
0:22 – 0:24
Ammo bu javob odamlarni hech qachon qoniqtirmagan.
0:24 – 0:28
Ular nega bittagina tilni o’rganish uchun yillarni sarflasa ham, yuqori darajaga
0:28 – 0:30
erisholmasliklarini bilishni xoxlashardi.
0:30 – 0:33
Shunday bir holatda ularning oldida birma-bir tillarni o’rganuvchi men…
0:33 – 0:35
Ular poliglotlarning, ko’plab tillarda so’zlasha oluvchi
0:35 – 0:37
insonlarning sirlarini bilishni xoxlashadi.
0:37 – 0:39
Bunga men ham qiziqib qoldim,
0:39 – 0:41
aslida poliglotlar buni qanday uddalashadi?
0:41 – 0:43
Umumiy tomonlarimiz nimada?
0:43 – 0:45
Bizga boshqa insonlarga nisbatan tilni
0:45 – 0:47
tezroq tilni o’zlashtirishga nima yordam beradi?
0:48 – 0:51
Men o’zimga o’xshash insonlar bilan ko’rishib, buni aniqlashga qaror qildim.
0:52 – 0:54
Eng oson yo’li – bir vaqtning o’zida bir nechasini uchratish, ¶
0:54 – 0:56
yuzlab poliglotlar bir joyda yig’ilib,
0:56 – 0:59
tajriba almashadigan tadbirda.
0:59 – 1:02
Dunyo miqyosida o’tkaziladigan poliglotlar uchun bir necha tadbirlar mavjud.
1:02 – 1:04
Men shu tadbirlarga bordim
1:04 – 1:06
va poliglotlardan ular qo’llaydigan metodlar haqda so’radim.
1:07 – 1:09
Men irlandiyalik Benni bilan tanishdim. ¶
1:09 – 1:13
Aytishicha, uning metodi birinchi kundanoq muloqot qilishga intilishdan iborat.
1:14 – 1:17
U so’zlashgichdan bir necha iboralarni o’rganadi va
1:17 – 1:19
shu tilda gaplashadigan inson bilan tanishadi.
1:19 – 1:22
Orqaga surmasdan darrov muloqot qilishni boshlash uchun.
1:22 – 1:24
U agar kuniga 200 marta xato qilsa ham bundan havotirlanmaydi.
1:24 – 1:27
Chunki u shunday o’rganadi, muloqot orqali.
1:27 – 1:31
Hozirgi kunda buning uchun unga sayohat qilish ham kerakmas, va bu ajoyib!
1:31 – 1:34
Chunki hozirda boshqa tilda gaplashuvchi insonlar bilan gaplashish oson,
1:34 – 1:36
o’z xonangizdan chiqmasdan, veb-saytlar orqali.
1:36 – 1:38
Yana men braziliyalik Lukasni uchratdim, ¶
1:38 – 1:41
uning rus tilini o’rganishdagi qiziq metodi bilan tanishdim.
1:41 – 1:47
U Skype’da istalgan yuzlab ruslarga do’stlik takliflari yuboradi,
1:47 – 1:51
va istalgan bittasini tanlab chat oynasini ochadi.
1:51 – 1:52
Va “Привет” deb yozadi.
1:53 – 1:56
U inson “Привет, как дела?” javob yozadi.
1:56 – 2:00
Lukas buni “копировать” qiladi va boshqa bir chatga tashlaydi,
2:00 – 2:04
u chatdagi inson esa bunga: “Я хорошо, спасибо, а как ты?” deb yozadi.
2:04 – 2:07
Lukas buni ham nusxalaydi va birinchi insonga yuboradi.
2:07 – 2:10
Va shu yo’l bilan u orqali ikkita inson o’zlari bilmagan holda
2:10 – 2:12
bir-biri bilan gaplashadi.
2:12 – 2:13
(Kulgu) ¶
2:13 – 2:15
Va tez orada o’zi ham yozishni boshlaydi. ¶
2:15 – 2:17
Suhbatlar soni ko’payib,
2:17 – 2:20
endi uning o’zi ham tushuna boshlaydi.
2:20 – 2:22
Mohirona metod, shunday emasmi?
2:22 – 2:27
Keyin men o’rganishni shu tildagi tovushlarni qo’llash bilan boshlaydigan, ¶
2:27 – 2:31
shu tilda eng ko’p ishlatiladigan 500 ta so’zdan boshlaydigan, va hattoki
2:31 – 2:35
grammatikasini o’rganish bilan boshlaydiganlarni ham ko’rdim.
2:36 – 2:38
Yuzlab poliglotlardan so’rab,
2:38 – 2:42
siz yuzta tur xil usullarni eshitishingiz mumkin.
2:42 – 2:45
Har birining o’zining til o’rganish metodi bor,
2:45 – 2:49
lekin hammamiz bir xil natijaga erishamiz: bir necha tilda oson gapiramiz.
2:50 – 2:54
O’z usullari haqida gapirayotgan barcha poliglotlarni tinglayotib, ¶
2:54 – 2:57
men shuni tushundim,
2:57 – 3:00
bizni bir narsa bog’laydi:
3:00 – 3:05
biz til o’rganish jarayonidan zavq olishning yo’llarini topganmiz xolos.
3:05 – 3:08
Barcha poliglotlar o’zlarining til o’rganishlari haqida
3:08 – 3:10
zavq oladigan mashg’ulotdek gapirishardi.
3:10 – 3:11
Ularning chehralarini ko’rsangiz edi.
3:11 – 3:14
O’zlarining rangli grammatik jadvallarini namoyish etishlarini,
3:14 – 3:16
qo’lda yasalgan yangi so’zlar yozilgan kartochkalar,
3:16 – 3:19
va ularning dasturlar orqali so’z organish statistikalarini.
3:19 – 3:24
Hattoki chet tilida yozilgan retseptlar bo’yicha ovqatlar tayyorlashar edi.
3:25 – 3:26
Har biri turli xil metodlar qo’llashadi.
3:26 – 3:30
Shu bilan birga ular tanlagan metod ularga zavq olibn kelishiga untilishadi.
3:30 – 3:34
Aslida men ham shunga o’xshash yo’l bilan til o’rganishimni tushundim. ¶
3:34 – 3:38
Men ispan tilini o’rganayotganimda darslikdagi matnlardan zerikkan edim.
3:38 – 3:39
Temir yo’l bekatiga qanday o’tish haqida so’rayotgan
3:40 – 3:43
Xose haqida o’qish kimga qiziq, to’g’rimi?
3:43 – 3:45
O’rniga men “Garri Potter”ni o’qishni xoxladim,
3:45 – 3:47
juda ko’p marotaba o’qigan,
3:47 – 3:49
bolalik davrimdagi eng sevimli kitobim.
3:49 – 3:52
“Garri Potter”ning ispancha tarjimasini topdim va o’qishi boshladim.
3:53 – 3:56
Boshida, albatta, men deyarli hech narsani tushunmadim,
3:56 – 3:58
lekin bu kitobni yoqtirganim uchun o’qishda davom etdim.
3:58 – 4:02
Va oxiriga kelganimda muammolarsiz tushuna boshladim.
4:02 – 4:05
Xuddi shu holat nemis tilini boshlaganimda ham bo’ldi.
4:05 – 4:08
Sevimli serialim “Friends”ni nemis tilida ko’rishga qaror qildim,
4:08 – 4:11
va yana boshida hammasi tushunarsiz edi.
4:11 – 4:15
Qachon bitta so’z tugab, boshqasi boshlanayotganini tushunmasdim.
4:15 – 4:17
Lekin men har kuni ko’rishda davom etdim, chunki bu “Friends”.
4:17 – 4:20
Men uni istalgan tilda ko’rishim mumkin, juda yaxshi ko’raman.
4:20 – 4:22
Va nihoyat 2-3 fasldan keyin
4:22 – 4:24
men ular nima deyotganini tushuna boshladim.
4:25 – 4:28
Boshqa poliglotlar bilan ko’rishgach, shuni tushundim: ¶
4:28 – 4:30
bizlar daho emasmiz,
4:30 – 4:32
bizda tezkor, oddiy til o’rganish usullari ham yo’q.
4:32 – 4:36
Biz faqat bu jarayondan zavqlana olamiz.
4:36 – 4:39
Til o’rganishni zerikarli maktab darsidan
4:39 – 4:43
har kungi yoqimli mashg’ulotga aylantirgan holda.
4:44 – 4:46
Agar so’zlarni qog’ozga yozishni yoqtirmasangiz,
4:46 – 4:47
siz ularni dasturda saqlashingiz mumkin.
4:47 – 4:50
Agar darslikdagi zerikarli materiallarni eshitishni yoqtirmasangiz,
4:50 – 4:55
unda YouTube yoki podkastlarni shu tilda topishingiz mumkin.
4:55 – 4:56
Agar xarakterga ko’ra introvert bo’lsangiz
4:56 – 4:59
va kim bilandir muloqotni tasavvur qila olmasangiz,
4:59 – 5:02
unda ichki monolog metodidan foydalanishingiz mumkin.
5:02 – 5:04
O’z xonangizda hotirjam o’z-o’zingiz bilan gaplashing,
5:04 – 5:07
hafta rejasini, kun qanday o’tganini gapirib bergan,
5:07 – 5:09
yoki telefondagi istalgan bir rasmni olib,
5:09 – 5:13
uni tasvirlab bergan holda.
5:13 – 5:16
Mana poliglotlar tillarni qanday o’rganadi.
5:16 – 5:19
Eng yaxshi tomoni shuki, bu til o’rganishni xoxlagan
5:19 – 5:21
barcha uchun qulaydir.
5:23 – 5:25
Boshqa poliglotlar bilan uchrashuv menga ¶
5:25 – 5:28
til o’rganishdan zavqlana olish juda muhim
5:28 – 5:30
ekanligini tushunishimga yordam berdi.
5:30 – 5:33
Lekin bitta buning o’zi kamlik qiladi.
5:34 – 5:36
Agar ma’lum bir tilda erkin muloqot qilishni xoxlasangiz,
5:36 – 5:39
siz yana uchta qoidaga amal qilishingiz kerak.
5:40 – 5:42
Birinchidan, samarali metodlardan foydalaning. ¶
5:43 – 5:47
Agar siz ertaga testda tushadigan so’zlarni yodlashga harakat qilsangiz,
5:47 – 5:49
so’zlar sizning qisqa xotirangizga joylashadi,
5:49 – 5:51
siz ularni bir necha kun o’tib unutib yuborasiz.
5:51 – 5:54
Agar so’zlar uzoq xotirada saqlanishini xoxlasangiz,
5:54 – 5:57
siz ularni bir necha kun davomida takrorlab yurishingiz kerak,
5:57 – 6:00
intervalli takrorlash yordamida.
6:00 – 6:04
Siz buning uchun Anki yoki Memrise kabi dasturlarni qo’llashingiz mumkin.
6:04 – 6:07
Yoki poliglotlar orasida keng qo’llaniladigan “Oltin ro’yhat” metodi
6:07 – 6:10
ya’ni daftarga so’zlarni yozib borishdan foydalaning.
6:10 – 6:14
Agar qaysidir metod samarali yoki sizga qulay ekaniga ishonchingiz komil bo’lmasa,
6:14 – 6:17
poliglotlarning YouTube kanallari va vebsaytlarini kuzating,
6:17 – 6:18
ulardan ilhomlanish mumkin.
6:19 – 6:21
Agar bu usullar ularda ishlasa, demak sizga ham asqotishi kerak.
6:23 – 6:25
Uchinchi qoida, bu o’rganish jarayonda ¶
6:25 – 6:27
tizimli yondashuvni qo’llay olish.
6:28 – 6:32
Biz hammamiz juda bandmiz va odatda bizga til o’rganish uchun vaqt yetmaydi.
6:32 – 6:36
Lekin biz agar hammasini oldindan rejalashtirsak bo’sh vaqt topa olamiz.
6:36 – 6:39
Siz odatdagidan 15 daqiqa oldinroq uyg’ona olasizmi?
6:39 – 6:42
Bu so’zlarni takrorlash uchun eng qulay vaqt bo’lgan bo’lardi.
6:43 – 6:46
Ishga ketayotib yoki mashina boshqarayotib podkastlarni tinglay olasizmi?
6:46 – 6:50
Chet tilidagi nutqni eshita boshlash siz uchun foydali bo’ladi.
6:50 – 6:53
Rejalashtirmasdan ham qilsa bo’ladigan ko’plab mashg’ulotlar bor.
6:53 – 6:56
Masalan, podkastlarni siz ishga ketayotib yoki
6:56 – 6:58
uyingizni tozalayotib tinglashingiz mumkin.
6:58 – 7:01
Til o’rganish rejasini tuzish muhimdir.
7:01 – 7:03
“Men har seshanba va payshanba o’rtog’im bilan
7:03 – 7:05
muloqot qilishni 20 daqiqa mashq qilamiz.
7:06 – 7:10
Nonushta payti YouTubeda videolarni tinglayman”.
7:10 – 7:12
Agar siz tizimli yondashuvni qo’llasangiz,
7:12 – 7:14
vaqt yetishmovchiligini his qilmaysiz,
7:14 – 7:16
til o’rganish hayotingizni bir bo’lagiga aylanadi.
7:18 – 7:21
Va so’ngida siz bu tilni mukammal bilishni xoxlasangiz, ¶
7:21 – 7:24
sizdan yanada sabr talab etiladi.
7:25 – 7:27
Ikki oy ichida tilni o’rganishning iloji yo’q,
7:27 – 7:31
lekin ikki oy ichida sezilarli progressga erishish mumkin.
7:31 – 7:35
Albatta har kuni oz-ozdan, jarayondan zavqlangan holda o’rgangan bo’lsangiz.
7:35 – 7:37
Va bizni shaxsiy rivojlanishimizdanda ko’proq
7:37 – 7:38
ilhomlantiruvchi narsa yo’q.
7:39 – 7:41
Men “Friends” serialida birinchi marta ¶
7:41 – 7:45
nemis tilidagi hazilni tushungan lahzamni juda yaxshi eslayman.
7:45 – 7:47
Men juda baxtiyor va ilhomlangan edim.
7:47 – 7:50
Men shu kuni odatdagidan ikki seriya ko’proq ko’rdim,
7:50 – 7:52
va ko’rayotib
7:52 – 7:56
men sahnalarni yanada yaxshi tushunishni boshladim.
7:56 – 8:00
Mening kichkina g’alabam meni qadamma-qadam yangi darajaga,
8:00 – 8:03
bu tilni qo’llay olishimga olib keldi.
8:03 – 8:04
Bu ajoyib hissoyot!
8:05 – 8:06
Menga bu his shunchalik yoqdiki,
8:07 – 8:09
men har ikki yilda yangi til o’rganaman.
8:09 – 8:11
Mana poliglotlarning asosiy siri. ¶
8:11 – 8:14
Ma’lum bir vaqt oralig’ida tizimli qo’llasa bo’ladigan
8:14 – 8:18
samarali metodni topish va bu jarayondan zavqlanish.
8:18 – 8:22
Poliglotlar tillarni aynan shunday o’rganishadi, yillar emas, oylar davomida.
8:23 – 8:25
Hozir kimlardir o’ylashi mumkin: ¶
8:25 – 8:27
“Bu albatta chiroyli eshitiladi, zavq olish…
8:27 – 8:30
lekin asosiy sir bu siz poliglotlarning bizlarga qaraganda
8:30 – 8:32
superqobiliyat egasi ekanliklaringizda emasmi?”
8:33 – 8:36
Benni va Lukas haqida men sizlarga aytmagan yana bir narsa bor. ¶
8:37 – 8:43
Benni maktabda 11 yil irlandcha va 5 yil nemis tilini o’rgangan.
8:43 – 8:46
Maktabni tamomlagach, u bu tillarda umuman gapira olmasdi.
8:46 – 8:50
21 yoshgacha u o’zida “til o’rganish geni” yo’q
8:50 – 8:53
va chet tillarida gapira olmayman deb hisoblardi.
8:53 – 8:56
Keyin u til o’rganishda o’zining yo’lini qidira boshladi,
8:56 – 9:00
turli xil tillarda gapiruvchi insonlar bilan muloqotga kirishishga intildi.
9:00 – 9:04
Va bugun Benni 10 xil tilda suhbat qura oladi.
9:05 – 9:08
Lukas maktabda ingliz tilini o’rganishga 10 yil uringan.
9:08 – 9:11
U sinfdagi eng yomon o’quvchilardan biri bo’lgan.
9:11 – 9:13
Hattoki do’stlari uning ustidan kulishgan
9:13 – 9:15
va hazil tariqasida unga rus tili darsligini berishgan.
9:15 – 9:19
Ular u hech qachon bu yoki boshqa tilni o’zlashtirolmaydi deb o’ylashgan.
9:19 – 9:21
Shunda Lukas turli metodlarni tajriba qilib,
9:22 – 9:23
o’z usulini qidira boshlagan.
9:25 – 9:29
Masalan, Skype orqali notanish insonlar bilan muloqot.
9:29 – 9:31
Va oradan 10 yil o’tib
9:31 – 9:34
Lukas 11 ta tilda bemalol gaplasha oladi.
9:35 – 9:37
Bu mo’jizadek eshitiladimi? ¶
9:37 – 9:40
Men har kuni bunday mo’jizalarni guvohi bo’laman.
9:41 – 9:42
Til o’rganish bo’yicha konsultant sifatida
9:42 – 9:45
ko’pchilikka tillarni mustaqil o’rganishida yordamlashaman,
9:45 – 9:46
va bu mo’jizani har kuni ko’raman.
9:46 – 9:50
Odamlar til o’rganishga 5 yil, 10 yoki hattoki 20 yil harakat qilishadi,
9:50 – 9:54
va ular o’rganishni o’z qo’llariga olganlarida,
9:54 – 9:57
o’zlariga yoqadigan material va metodlarni qo’llay boshlaganlarida,
9:57 – 9:59
yoki o’z ta’limini kuzatib,
9:59 – 10:02
o’z rivojlanishiga baho berishni boshlaganlarida,
10:02 – 10:04
aynan shu vaqtdan boshlab, go’yoki
10:04 – 10:08
mo’jizadek ko’ringan til o’rganish qobiliyatini o’zida kuzatishni boshlashadi.
10:09 – 10:12
Shunday ekan, agarda siz ham til o’rganishga ¶
10:12 – 10:14
harakat qilib, keyin bu juda qiyin yoki men
10:14 – 10:16
qobiliyatsizman deb tashlab qo’ygan bo’lsangiz,
10:16 – 10:18
yana bir bor urinib ko’ring.
10:18 – 10:21
Balki sizga tilni yaxshi o’zlashtirish uchun
10:21 – 10:23
qiziqarli metod yetishmayotgandir.
10:23 – 10:27
Balki sizga poliglot bo’lishingiz uchun bor-yo’g’i bitta metod yetishmayotgandir.
10:27 – 10:28
Rahmat. ¶
10:28 – 10:32
(Qarsaklar)
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.