9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI!

09.05.2025

Bugun – jasorat, matonat va fidoyilik timsoli bo‘lgan ota-bobolarimizni yodga oladigan, ularning mardona xizmatlarini qadrlaydigan ulug‘ kun.

Xotira – bu millat yuragining ovozi.
Bu kunda biz xalqimiz ozodligi uchun kurashgan qahramonlarni hurmat bilan eslaymiz. Ularning jasorati – biz uchun ibrat maktabi.

Urush yillarida halok bo‘lganlar yodi doimo yuragimizda.
Yashayotgan faxriylarimizga esa chuqur minnatdorchilik bildirib, uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.✨

Yurt tinchligi – eng katta boylik!