AKADEMIK LITSEYLAR IMTIHONI UCHUN RUXSATNOMA CHIQDI

20.07.2026

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:

1. my.edu.uz hamda my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;

2. Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik tooʻgʻrisida guvohnoma yoki pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.