AKADEMIK MUSHTAQ AHMAD ISHTIROKIDA ILMIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

07.05.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida akademik Mushtaq Ahmad ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ilmiy maqolaning tuzilmasini shakllantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini xalqaro talablarga mos ravishda tayyorlash hamda Scopus bazasida indekslanadigan jurnallarda maqola chop etish masalalari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, professor Mushtaq Ahmad Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan bir qator ilmiy jurnallarning muharriri sifatidagi tajribalari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Olimning H-indeksi 80 ni tashkil etib, u xalqaro ilmiy hamjamiyatda yuqori nufuzga ega hisoblanadi. Shuningdek, professor Mushtaq Ahmad TWAS-UNESCO, IAS-OIC, PAS hamda PIFI-CAS akademik a’zosi sanaladi.